Rossiya mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konaşenkovning sözlariga köra, rossiyaliklarning bölinmalari Soledarni 12 yanvar kuni töliq egallaşgan. Uning aytişiça, bu Baxmutdagi ukrain qöşinlarining ta’minot yölini kesib qöyiş, keyin esa «Ukraina qurolli kuçlarining Baxmutda qolgan bölinmalarini tösib qöyib, qurşovga oliş» imkonini beradi.

Soledar qölga kiritilgani haqida ikki kun muqaddam «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin ham ma’lum qilgandi, bu yönalişda asosan uning yollanma jangçilari hujum qilayotgandi. Ammo öşanda uning sözlarini Ukraina tomoni ham, Rossiya qömondonligi ham tasdiqlamagandi.

Ukraina tomoni hozir ham Soledar boy berilganini rad etmoqda.

«Janglar şaharning özida olib borilmoqda, Ukraina kuçlari Soledarni taşlab çiqqani töğrisidagi ma’lumot haqiqatga zid, u yerda janglar ketmoqda», degan Ukraina qurolli kuçlari Şarqiy guruhi spikeri Sergey Çerevatiy.

«Jangçilarimizning taktik vaziyatini oşkor etmaslik uçun tafsilotlarni keltirmaymiz. Duşman kuçlari ustunlik qilmoqda, çunki ular bu yönalişga maksimum kuç taşlagan. Ammo bizning kuçlarimiz hamon şaharning özida turib jang qilişda davom etmoqda», degan u.

Ğarb razvedkasi ham Soledar RF kuçlari nazoratiga ötganini tasdiqlamayotgandi, ammo Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti (ISW) özining sönggi hisobotida bu töğri bölişi mumkinligini bildirdi.

«Rossiya kuçlari agar butun Soledarni bölmasa, uning katta qismini nazorat qilmoqda va katta ehtimol bilan Ukraina qöşinlarini aholi yaşaş manzilining ğarbiy çekkalaridan ham siqib çiqargan», deyiladi hisobotda.

CNN jurnalistlari Ukraina armiyasi qismlari Soledardan uyuşgan holda çekinişiga guvoh bölgani haqida xabar qilgan.

Telekompaniya tasvirga oliş guruhi Soledardan taxminan tört kilometr masofada turibdi. Muxbir Ben Uedmanning xabar qilişiça, juma kuni kunning birinçi yarmida tomonlar örtasida şiddatli janglar davom etgan.
 
Ukraina qurolli kuçlari çekinişi kunning ikkinçi yarmida röy bergan. Ammo şahardan olib çiqilgan harbiylar orasida sarosima kuzatilmagan.

Soledar nimasi bilan muhim?