Yeti Airlines aviakompaniyasining poytaxt Katmandudan Pokxara şahriga parvoz qilgan ATR-72 turbovintli samolyoti yakşanba kuni tongda Nepal xalqaro aeroporti yaqinida qulab tuşdi. Samolyotda 68 nafar yölovçi va ekipajning tört nafar a’zosi bölgan.

Rasmiy şaxslar xabar berişiça, voqea joyida 40 kişining jasadi topilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda halokat joyida kötarilgan quyuq tutunni köriş mumkin.

Boşqa bir videoda esa aholi yaşaş manzili ustida pastlab uçayotgan samolyot keskin burilib şönğigani aks etgan.

Nepal armiyasining yuzlab askarlari aeroportdan bir yarim kilometr masofada, Seti daryosi darasidagi halokat joyida qutqaruv işlarida iştirok etmoqda.

«Biz yanada köproq odamlar jasadlari topilişini kutmoqdamiz», degan armiya vakili Reuters agentligiga va samolyot halokat çoğida ikkiga bölinib ketganini qöşimça qilgan.

AFP xabar berişiça, halokat joyidan bir neça nepallik tirik holda topilgan, ular kasalxonaga jönatilgan. Ularning ahvoli öta oğir.

Mamlakat boş vaziri Puşpa Kamal Daxal öz hukumatining favqulodda yiğilişini çaqirgan.

Mavjud ma’lumotlarga köra, yölovçilardan 53 nafari  - nepalliklar bölgan. Samolyotda beş nafar hindistonlik, tört rossiyalik va ikki koreyalik bölgan. Şuningdek, yölovçilar orasida Irlandiya, Avstraliya, Argentina va Fransiyaning bir nafardan fuqarolari bor edi.