Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi Nanay qişloği turizm qişloğiga aylantirilmoqda. Turizm va madaniy meros vazirligidan ma’lum qilişlariça, bu – viloyat hokimining 2023–2024-yillarda turizm salohiyatini jadal rivojlantiriş töğrisidagi qarorida közda tutilgan.
Ta’kidlanişiça, Nanay qişloği bir vaqtning özida 2500 nafar sayyohni qabul qila oladi. Şundan 150 ta uy mehmonxonasi 1500 nafar sayyohga, boşqa dam oliş maskanlari esa 1000 nafar sayyohga xizmat körsatiş imkoniga ega.


“Ayni damda Nanay qişloğida qöşimça turizm turlari va xizmatlarini rivojlantiriş maqsadida ekstremal turizm, sport va otda sayr xizmati, 10 ta ovqatlaniş şoxobçasi, 10 dan ortiq savdo nuqtasi taşkil etildi.
Bundan taşqari, qişloqda 150 dan ortiq oilaviy mehmon uyi, 20 taga yaqin gastronomik xonadon, şuningdek, hunarmand (uy) faoliyati yölga qöyiş hamda infratuzilmalarni yaxşilaş belgilangan”, – deyiladi xabarda.


Vazirlikning qayd etişiça, Nanay turizm qişloğida 400 dan ortiq yangi iş örinlari yaratiş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, 2023-2024 yillarda hunarmandçilik markazi, 2023–2025 yillarda esa selfi hududlari, 7 ta avtoturargoh, 10 ta yirik dam oliş maskanlari qurilişi közda tutilgan.
Qöşimça qilinişiça, ayni paytda Navoiy viloyatidagi Dara va Qaşqadaryodagi Başir qişloqlari ham turizm qişloğiga aylantirilmoqda.












