Gaz va elektr tokidan uzilişlar bilan tez-tez töqnaşib turadigan viloyatlardagi aksar hududlar uçun bu yangilik emas. Lekin gaz va elektr sutkalab öçib qolişi bilan kamdan kam töqnaşadigan poytaxt aholisi sarosimaga tuşib qolmoqda. Uylar yaxşi isimayapti, ovqatlar pişmayapti. Vaziyatdan norozi odamlar tuman elektroset markazlariga tok sörab borgani aks etgan videolar tarqalmoqda.

Masalan, quyidagi videoda Toşkent şahri Uçtepa tumani elektroset binosiga elektr berilişini sörab borgan aholi vakillarini köriş mumkin. Unda Uçtepa tumanining ayrim hududlarida 12 -15 soatdan beri elektr yöqligi aytiladi.

«Keça 6dan beri elektr toki yöq… Har safar kelganimizda şunaqa holat bölyapti. Muammoni hal qilib berişsin», – degan fuqarolardan biri.

Şu kabi vaziyat Olmazor tumani elektrosetida ham kuzatilgan.

Şuningdek Yunusobod tumanida aholi tuman elektroset binosi eşigi oldiga töplangan. Uyini isitolmayotgan ayollar bino eşigini yorib kirişga harakat qilişgan.

Kuçli bosim sabab poytaxtdagi transformatorlarga yuklama ortib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida Uçtepa tumanidagi transformatorlardan biri portlab ketgani aytilgan.

Şayxontohur tumanining Zafarobod va Oqtepa mavzelaridagi ayrim transformatorlar ham yuklamani kötarolmay portlagani va yangisiga almaştirilayotgani haqida videolar tarqalmoqda.