Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati (Sanepidxizmat) mutaxassislari Özbekiston aholisiga anomal sovuq kunlarda ötkir respirator kasalliklari köpayişi mumkinligi tufayli ba’zi tavsiyalarni berdi.
«Bugungi kunda koronavirus kasalligi yengil va simptomlarsiz keçmoqda. Şu sababli bemorlarda tana harorati yuqori bölmasligi, isitmalaş davri bir kundan uç kungaça davom etişi, ba’zi insonlarda tana harorati umuman kötarilmasligi mumkin. Bunday holatlarda COVID-19 infeksiyasini PZR testi, ekspress testlar yordamida organizmga tuşgan yoki tuşmaganligini biliş mumkin», deyiladi xabarda.
Şuningdek, fuqarolarga şamollaş belgilari kuzatilsa zudlik bilan oilaviy poliklinika şifokoriga murojaat etiş tavsiya qilingan. Bundan taşqari, özboşimçalik bilan dori vositalarini iste’mol qilmaslikka çaqirilgan.
«Koronavirus kasalligiga gumon bölsa şifokor tavsiyasi bilan zudlik bilan koronavirusga test topşiriş zarur. Koronavirusga PZR test topşiriş uçun hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimlariga murojaat qiliş mumkin», deyiladi xabarda.
Sanepidxizmat Özbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar haqidagi ma’lumotni sönggi marta 2022 yil 15 dekabr kuni e’lon qilgan edi. Ma’lumotda 134 bemorda kovid aniqlangani keltirilgan.














