Kiyev oblasti Brovari şahrida vertolyot halokatga uçraşi oqibatida 16 kişi halok böldi. Bu haqda Ukraina politsiyasi xabar berdi. Ukraina prezidenti ofisiga köra, 30 kişi yaralangan. Avvalroq Kiyev oblasti ma’muriyati rahbari Aleksey Kuleba qurbonlar soni 18 nafar ekanini aytgandi.
Qurbonlar orasida — uç bola bölgan, yana 12 nafar bola jarohat olgan. Politsiya ma’lumotiga köra, vertolyotda bölgan barça töqqiz kişi halok bölgan. Ukraina prezidenti ofisidan ma’lum qilişlariça, qolgan qurbonlar va jabrlanganlar — vertolyot kelib qulagan bolalar boğçasi xodimlari va tarbiyalanuvçilari bölişgan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati vertolyoti 18 yanvar kuni soat 8:10 atrofida qulab tuşgan. Brovari rahbari Igor Sapojkoning taxmin qilişiça, qalin tuman vaqtida Eurocopter AS 332 Super Puma vertolyoti bolalar boğçasi va köp qavatli uy örtasida qulab tuşgan, şundan keyin yonğin boşlangan. «Kuçli portlaşdan bolalar boğçasi binosi va eng yaqin joylaşgan uylardan biri vayron bölgan», — degan şahar rahbari. Boğçadagi bolalar va xodimlar evakuatsiya qilingan.
Aviahalokatda Ukraina IIV rahbari Denis Monastyrskiy halok bölgan, bu haqda Ukraina Milliy politsiyasi rahbari Igor Klimenko ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, vazirga hamrohlik qilgan birinçi örinbosari Yevgeniy Yenin va davlat kotibi Yuriy Lubkoviç ham halok bölişgan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenkoning ma’lum qilişiça, IIV rahbariyati vertolyotda «qaynoq» nuqtalardan biriga komandirovkaga ketayotgandi.


Tergov vertolyot halokati böyiça uç versiyani körib çiqmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmatiga köra, bular parvoz qoidalari buzilişi, vertolyot texnik nosozligi yoki havo kemasini yöq qilişga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakat. «Tergov hozirda mavjud bölgan barça ehtimoliy versiyalarni işlab çiqmoqda», — degan Ukraina içki işlar vaziri maslahatçisi Vadim Denisenko.
Ukrainaning «Tribuna — Brovari» naşri xabar qilişiça










