Ukraina Davlat tergov byurosi 14 kişi, jumladan, Içki işlar vazirligi rahbari Denis Monastirskiy halok bölgan Airbus H225 vertolyotining qulaşi sabablarini tekşirişni yakunladi. Tergov ma’lumotlariga köra, halokatga harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalaniş qoidalarining qöpol ravişda buzilişi sabab bölgan.
Tergov yakuniga köra, Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Aviatsiya va qidiruv-qutqaruv boşqarmasi boşliği, maxsus aviatsiya otryadining komandiri, uning parvozlarni tayyorlaş böyiça örinbosari, aviatsiya eskadroni komandiri va boşqalar gumondor sifatida röyxatga olingan.
Bortida Ukraina Içki işlar vazirligi rahbariyati bölgan vertolyot 18 yanvar kuni Brovari (Kiyev viloyati) ustida qulab tuşgan edi. Ukraina Boş prokuraturasi parvozga tayyorgarlik çoğida ekipaj komandiriga Brovari ustidagi noqulay ob-havo şaroiti haqida xabar berilmaganini ma’lum qildi. Bundan taşqari, Airbus H225 vertolyoti Kiyev va mintaqada yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarga javob beriş uçun navbatçilik qilgan. U boşqa reyslarni amalga oşirişi kerak emas edi va ekipajning özida ham qiyin ob-havo şaroitida uçişga ruxsat bölmagan.
Vertolyot qulaşi oqibatida 14 kişi halok böldi. Bortda bölgan barça ön kişi, jumladan, Ukraina Içki işlar vazirligi rahbari Denis Monastirskiy, uning birinçi örinbosari Yevgeniy Yenin va Içki işlar vazirligi davlat kotibi Yuriy Lubkoviç. Yana tört kişi, jumladan, bir bola yerda halok böldi (vertolyot bolalar boğçasi binosi yaqiniga quladi).









