Hindiston aholi soni böyiça Xitoyni ortda qoldirdi: ötgan yil oxirida u yerda 1,417 milliard kişi istiqomat qilgan - bu Xitoydagidan 5 million kişiga köp, deyiladi 18 yanvar, çorşanba kuni World Population Review taşkiloti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda.
Xitoy rasmiylari bir kun avval 2022 yilda mamlakat aholisi 1960-yillardan beri birinçi marta bir yil avvalgiga nisbatan 850 ming kişiga kamayganini ma’lum qildi. Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga köra, hozir mamlakatda 1 milliard 411 milliondan ortiq kişi istiqomat qiladi.
World Population Review hisob-kitoblariga köra, Hindiston aholisi 18 yanvar holatiga köra 1,423 milliard kişiga yetgan. Boşqa bir tadqiqot taşkiloti - Macrotrends Hindistonda 1,428 milliard odam istiqomat qilişini da’vo qilmoqda.
Hindiston öz aholisi soni töğrisida rasmiy ravişda yangi ma’lumotlarni e’lon qilmagan. Bu mamlakatda aholini röyxatga oliş har ön yilda bir marta ötkaziladi, biroq 2021 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli bu tartib qoldirildi. BMT 2023 yil oxirida Hindiston aholisi soni böyiça Xitoyni ortda qoldirişini taxmin qilgan.
Hindiston aholisining yarmi - 30 yoşgaça bölganlar. Taxminan 800 million kişi hukumatdan bepul oziq-ovqat oladi - bu dunyodagi eng yirik şunday dastur.
Noyabr oyida dunyo aholisi, BMT hisob-kitoblariga köra, 8 milliard kişiga yetdi. World Population Review ma’lumotlariga köra, dunyo aholisi 1 milliard kişiga köpayişi uçun 12 yil vaqt kerak bölgan.












