10 yanvardan boşlab, Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal sovuq ob-havo kuzatilmoqda. Xususan, sönggi bir neça kun içida havoning past harorati Özbekistondagi sabzavotlar narxlarida öz aksini topdi. Bu borada ayniqsa piyoz narxlari keskin oşdi.
EastFruit tahlilçilarining prognozlariga köra, yaqin kunlarda havo haroratining asta-sekin kötarilişi kutilayotgan bölsa-da, piyoz narxlari qimmatlaşişda davom etişi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, qiş oylarida Özbekistonda piyoz öz sifatini saqlab qoliş uçun maqbul şaroitlarda saqlanmaydi. Moslaştirilgan omborlar nafaqat barqaror havo haroratini saqlab turiş uçun uskunalar bilan jihozlanmagan, balki köpinça minimal issiqlik izolyatsiyasiga ham ega emas. Ayrim hollarda piyozning bir qismi yomğirdan himoya qiliş uçun faqatgina şiypon ostida saqlanadi.
«Kuzatilayotgan sovuq piyoz zaxiralariga katta zarar yetkazdi. Köpgina fermerlar va savdogarlar ham mahsulotining hammasi yoki katta qismi muzlab qolganini tan oladi. Toşkent şahrida 2023 yilning 10 yanvaridan 15 yanvarigaça beş kun davomida havo harorati kunduzi minus 6-13 daraja, keçasi esa minus 8-17 darajagaça pastladi. Bu haroratda piyoz muzlab qoladi. Eritilgandan keyin esa sifati juda tez yomonlaşadi. Nazariy jihatdan, butunlay muzlab qolgan piyozni tozalaş va muzlagan holda sotiş mumkin, ammo buning uçun katta siğimli muzlatkiçlar va ekstremal şaroitlarda piyozni tozalaş uçun katta miqdorda işçi kuçi kerak», deyiladi EastFruit tahlilida.
Piyoz narxi qançaga qimmatlaşdi?
7 yanvar holatiga köra, Toşkent şahridagi markaziy dehqon bozorlarida 1 kg piyozning örtaça ulgurji narxi 3500-4000 ming sömni taşkil etgan bölsa, 16 yanvar holatiga bu körsatkiç 6000-7200 sömgaça yoki qariyb 40 foizgaça qimmatlaşgan.
Taqqoslaş uçun, ötgan yilning mos davrida poytaxt markaziy bozorlarida 1 kg piyozning örtaça ulgurji narxi 1500-1800 söm atrofida sotilgan. Ötgan davr mobaynida mahsulot bahosi 4 barobarga oşgan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida Özbekistondan 199,5 ming tonna piyoz eksport qilingan. Dekabr oyiga kelib taşqi bozorlarda talab oşgani hisobiga eksport hajmi ham oşgan. Buning ortidan içki bozorda mahsulot bahosi 9,9 foizga qimmatlaşgan.
Içki bozorda narxlar yuqoriligi uçun 2023 yilning 1 yanvaridan 15 yanvarigaça umuman piyoz eksport qilinmagan. Aksinça, EastFruit tahlilçilarining dastlabki hisob-kitoblariga köra, bu davrda 3000 tonnadan ortiq piyoz import qilingan, ularning katta qismi Qozoğistondan.
Qozoğiston importga çeklovlar joriy qildi
Qozoğistonning Taşqi savdo siyosati va iqtisodiy taşkilotlardagi iştiroki böyiça idoralararo komissiyasi 3 oy muddatga piyoz eksportini taqiqlaş töğrisida qaror qabul qildi. Bu qaror Qozoğistondan piyoz ommaviy eksport qilinişining oldini oliş va uning narxini mamlakat içki bozorida barqarorlaştiriş bilan izohlangan.
«Boşqa mamlakatlarning Qozoğiston piyoziga bölgan ajiotaj talabi Osiyo va jahondagi eng yirik piyoz yetiştiruvçilardan biri bölmiş Pokistondagi tabiiy ofatlar bilan boğliq. Bu mamlakatdagi suv toşqinlari jahon miqyosida, jumladan, respublikamiz bozorida ham piyoz narxi oşişiga olib keldi. Anomal sovuq tufayli Qozoğistonning janubiy viloyatlarida, şuningdek, Özbekistonda ham uşbu mahsulot boy berilişi mazkur vaziyatda qöşimça bosim ötkazmoqda. Asosiy piyoz yetiştiruvçilar hozirgi kunda Qozoğiston piyozini faol ravişda import qilmoqda», deyiladi Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi bayonotida.
Narx oşişi davom etadimi?
Özbekiston içki bozorida piyoz tanqisligi juda kam uçraydigan va ğayritabiiy hodisa. Ammo bir qança omillar joriy yilning birinçi çoragida piyoz narxining yuqori bölişiga ta’sir ötkazişi mumkin.
Birinçidan, piyoz zaxiralarining qisqarişi, bozorda uşbu mahsulot çeklangan şaroitda mamlakatda bahorgi piyozning yangi hosili paydo bölişi uçun hali ança vaqt bor – taxminan 2–2,5 oy.
Ikkinçidan, anomal sovuq ob-havo Özbekistonning janubiy viloyatlaridagi bahorgi piyozning yangi hosiliga qanday ta’sir qilgani hozirça noma’lum. Ehtimol, ertaçi bahor piyozi ham sovuqdan jiddiy zarar körgan bölişi mumkin.
Uçinçidan, Qozoğiston tomonidan piyoz eksportiga qöyilgan töliq taqiq. Bu taşqi bozorlardan piyoz import qiliş imkoniyatini keskin ravişda çeklaydi, çunki Özbekiston piyoz yetiştiruvçi va eksport qiluvçi boşqa mamlakatlarda geografik jihatdan ança uzoqda joylaşgan va import qiliş xarajatlari ança qimmat hisoblanadi.
Törtinçidan, ötgan yilda yuz bergan tabiiy ofatlar natijasida Pokistonda qişloq xöjaligi mahsulotlarining sezilarli qismi nobud böldi va dunyodagi eng yirik piyoz eksportçilaridan biri bölgan Pokiston import qiluvçi davlatga aylanib qoldi. Buning ortidan uşbu mamlakatga Özbekistondan piyoz import qiliş keskin ortgan. Bu esa içki bozorda uşbu mahsulot yuqori narxlarini qöllab-quvvatlovçi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Ayni paytda Toşkentdagi savdo rastalarida 1 kg piyoz 10 ming sömdan, viloyatlarda esa 8-9 ming söm atrofida sotilmoqda.
Doston Ahrorov tayyorladi.












