Favqulodda vaziyatlar vazirligi Özbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo vaqtida quyoş urişidan saqlaniş qoidalari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, ob-havoning keskin isib ketişi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga oğir ta’sir qiladi. Hatto soğlom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etişlariga töğri keladi. Quyoş urişi oçiq havoda töğri tuşadigan quyoş nurlari ostida sodir böladi, lekin issiq ta’sir qilgandan söng 6–8 soat ötib ham boşlanişi mumkin.
Quyoş urişidan saqlaniş uçun bir neçta qoidalarga rioya etiş zarur:
- iloji boriça soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tik tuşadigan quyoş nurlari ostida bölmang;
- tabiiy matolar (paxta, kanop va boşqalar)dan tayyorlangan kiyim kiying;
- yengil, yorqin rangli boş kiyim kiying. Közingizga quyoşdan himoyalovçi közoynak taqing;
- suv içiş rejimiga amal qiling. Tartibsiz köp miqdorda suv içiş faqat çanqoqni yaxşi bosmaydi, lekin yurakni zöriqtiradi. Aççiqroq damlangan çoy, kvas, har xil şarbatlar, mineral suv içing;
- quyoşdan himoya qiluvçi kremlardan foydalaning;
- quyoşda bölib qaytganingizdan söng, duş qabul qiling yoki höl soçiq bilan artining;
- oç qoringa yoki ovqat yeganingizdan söng darhol quyoş ostida bölmang.
Quyoş urişi yoki issiq urişi belgilari:
- darmonsizlik, çarçoq, boş oğriği va çanqaş kuzatiladi;
- boş aylanişi, quloqlarda şovqin, butun tanada oğriq bölib, puls va nafas tezlaşadi. Ayrim paytlarda köngil aynişi va qusiş kuzatilişi mumkin. Terlaş kuçayadi, burundan qon ketişi mumkin;
- yurak-qon tomir faoliyati va nafas oliş keskin buziladi, huşini yöqotişi mumkin;
- ayrim paytlarda tutqanoq tutişi, alahsiraş, gallyutsinatsiya kuzatilişi mumkin;
- quyoş urişining oğir şaklida ter ajralişi töxtaydi, agarda bemorga tibbiy yordam körsatilmasa, nafas va yurak töxtaşi mumkin.
Birinçi tibbiy yordamni töğri körsatiş inson hayotini saqlab qolişi mumkin. Asosiysi, kişi özini yöqotmasdan hammasini töğri va tez bajariş zarur.
- bemorni salqin joyga ötkaziş, çalqança yotqiziş, boşini salgina kötarib qöyiş, kiyimlarini yeçiş, butunlay tinç muhit yaratiş va toza havo kelişini ta’minlaş;













