NATO davlatlari faqat Ukrainani qöllab-quvvatlabgina qolmay, balki öz mudofaa qobiliyati darajasini saqlab qoliş haqida ham öylaşi qilişi kerak. Bu mudofaa xarajatlarini oşirişni talab qiladi, deydi Yyens Stoltenberg.

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga qurol yetkazib beriş NATOga a’zo davlatlarning mudofaa qobiliyatini zaiflaştirişi mumkinligidan ogohlantirdi. «Bizning Ukrainani qöllab-quvvatlaganimiz NATOning qurol-yaroğ va öq-dorilar zaxirasini böşatib qöydi», — dedi u 25 yanvar, çorşanba kuni çop etilgan Die Welt gazetasiga bergan intervyusida. Bu qöllab-quvvatlaş, albatta, töğri qadam va Ukraina uçun mutlaqo zarur, dedi Stoltenberg. Ammo ittifoq mamlakatlari öz xavfsizligini ta’minlaş uçun ham, Ukrainaga yangi yordam bera oliş uçun ham zaxiralarini töldirişi kerak. Şu munosabat bilan, deydi boş kotib, yaqin kelajakda mudofaa uçun budjet xarajatlarini oşiriş böyiça qarorlar qabul qilinişi mumkin. 2014 yilda NATO ittifoqçilari ön yil içida mudofaa xarajatlarini milliy yalpi içki mahsulotning (YaIM) 2 foiziga yetkazişni maqsad qilib qöygan. Bu maqsad endi qayta körib çiqilişi kerak, dedi Stoltenberg.

NATO davlatlari nafaqat Ukrainani qurol-yaroğ bilan qöllab-quvvatlaşi, balki bu qurollarning töğri işlaşiga işonç hosil qilişi kerak. Bu, xususan, yetarli miqdordagi ehtiyot qismlarni yetkazib beriş, ta’mirlaş bazasini yaratiş va ukrainalik harbiy xizmatçilarni mos ravişda tayyorlaşni nazarda tutadi.

NATO rahbari Rossiya tomonidan tahdid davom etayotganiga işora qildi. «Prezident Putin Ukrainani zabt etiş maqsadidan voz keçganini körsatuvçi heç narsa yöq», dedi Stoltenberg. Aksinça, Rossiya rahbari yangi safarbarlikni istayapti, Eron va Şimoliy Koreya rejimlari bilan qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça faol muzokaralar olib bormoqda va Ukrainadagi uruşda ön minglab askarlarini qurbon qilişga tayyor, dedi u.