Yiliga yarim million odamning yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida hayotdan erta köz yumişiga aynan şunday zararli ingrediyentlar sabab bölmoqda. Bu haqida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ekspertlari ma’lum qildi.
2018 yilda taşkilot ekspertlari 2023 yilgaça tarkibida transyoğlari bölgan mahsulotlar işlab çiqarişni butunlay töxtatiş böyiça global çaqiriq bilan çiqqandi. Biroq bu maqsadga 5 yil içida erişilmadi.
Xöş, özi transyoğ nima, u nimasi bilan xavfli? Nega undan voz keçişimiz kerak?
Transyoğ nima?
Transyoğlarning ikkita asosiy manbayi bor: tabiiy manbalar (sigir va qöy kabi kavş qaytaruvçi hayvonlarning sut mahsulotlari va göştida) va sanoatda işlab çiqarilgan manbalar (qisman vodorodlangan yoğlar).
Qisman vodorodlangan yoğlar birinçi marta XX asrning boşlarida sariyoğ almaşinuvi sifatida oziq-ovqat ta’minotiga kiritilgan. 1950-1970 yillarda töyingan yoğli kislotalarning soğliqqa salbiy ta’siri aniqlandi.
“Tabiiy” transyoğlar sanoat yoğlari kabi zararli. Şuning uçun Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 1-1,5 foiz yoğli sut mahsulotlarini tanlaşni va yoğsiz göşt iste’mol qilişni tavsiya qiladi.
Qisman vodorodlangan yoğlar birinçi navbatda qovuriş uçun va pişirilgan mahsulotlarning tarkibiy qismi sifatida işlatiladi.
Uning zarari nimada?
Transyoğlarning xavfliligi böyiça birinçi tadqiqotlar 1994 yilda paydo bölgan, garçi ular XIX asr oxiridan beri mahsulotlarda mavjud bölsa ham. Olimlar transyoğlarni iste’mol qiliş natijasida qonda xolesterin miqdori kötarilib, bir qator kasalliklarning rivojlanişiga olib kelişini aniqladilar.
Tibbiyot hamjamiyati transyoğlarni yurak kasalliklari, diabet, alsgeymer, semiriş, jigar kasalliklari va hatto depressiya bilan boğlaydi.
JSST hisob-kitoblariga köra, sanoat transyoğlarini iste’mol qiliş har yili dunyoda yurak-qon tomir kasalliklaridan 500 mingga yaqin ölimga olib keladi, ölim xavfini 34 foizga oşiradi. Ulardan har kuni olinadigan har bir qöşimça 1 foiz energiya yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida kelib çiqadigan ölimni 12 foizga oşiradi.
















