Özbekistonda işlab çiqariladigan Xitoyning BYD rusumli avtomobillari modellari ma’lum böldi.

Motor.ru saytining Investgöga tayanib bergan xabariga köra, BYD uçta modelni işlab çiqaradi: Chaser 05 (Xitoyda Destroyer 05) gibrid sedani, Han elektromobili va Song krossoveri.

BYD Chaser 05
Foto: BYD

BYD Chaser 05 - 180 yoki 197 ot kuçiga ega elektr motoriga ega böladi, akkumulyator quvvati 8,3 dan 18,3 kilovatt-soatgaça, töliq zaryadda bosib ötadigan yöli 55 dan 120 kilometrgaça. Xitoyda uşbu modelning narxi 121,8 ming yuandan boşlanadi, bu 203,5 mln sömga teng.

BYD Han
Foto: BYD

BYD Han elektromobili bir dvigatel (245 ot kuçi) va ikkita dvigatel (517 ot kuçi) bilan taklif etiladi. Akkumulyator quvvati 64,8, yoki 85,4 kilovatt-soatni taşkil etadi, quvvat zaxirasi esa versiyaga qarab 610 dan 715 kilometrgaça özgarib turadi. Uning narxi 645 mln sömdan boşlanadi.

BYD Song DMi
Foto: BYD

BYD Song ikkita versiyaga ega: gibrid DMi va elektrik EV. Birinçisi içki yonuv dvigateli va bitta elektr motorli (180 yoki 197 ot kuçi), şuningdek, 163 ot kuçiga ega qöşimça elektr motorli böladi. Umumiy quvvati 428 ot kuçini taşkil qiladi. Ikkinçisi 184 ot kuçiga ega elektr motorli, 71,7 kilovatt-soat quvvatga ega akkumulyatorli, bir zaryadi 505 kilometrga yetadi. Narxi 499 mln sömdan boşlanadi.

Özbekistonda BYD avtomobillarini yiğiş fevral oyida yölga qöyilişi kutilmoqda. Har uçala modelning multimedia tizimi uç tilga, özbek, rus va ingliz tillariga tarjima qilinadi.