«Çelsi» pul sarflaşdan çarçamayapti, «PSJ» yana bir transferni hal qildi, Şomurodov «Roma»dan ketmoqda.
31 yanvar kuni Yevropaning asosiy çempionatlarida qişki transferlar oynasi yopiladi. Bu qişda bir neça jiddiy transferlar röy berib ulgurdi, sönggi kunlarda yana qator katta transferlar amalga oşişi kutilmoqda. Quyida yaqin vaqtlar içida bölişi kutilayotgan 10 transfer haqida.
Moyses Kaysedo, yarimhimoyaçi, «Brayton» → «Arsenal» Transfer qiymati: 38 mln yevro.
Foto: WARREN LITTLE/GETTY IMAGES
21 yoşli ekvadorlik futbolçi Potter ortidan «Çelsi»ga yöl olişi kutilgandi, ammo londonliklar boşqa futbolçilarga e’tibor qaratişdi va futbolçi «Liverpul»ga ötişi haqida xabarlar çiqa boşladi.
Potter ketgaç ham APLda sur’atni pasaytirmagan va «Çelsi» hamda «Liverpul» kabi raqiblarni mağlubiyatga uçratib, turnir jadvalida oltinçi örinda borayotgan «Brayton» motorlaridan biri aynan Kaysedo bölib turibdi. «Brayton» esa futbolçi uçun yuqori narx (85 mln funt) belgilab qöygaç, «Liverpul» kuraşdan çiqdi.
Tomas Parti jarohat olib safdan çiqqaç, «Arsenal» uşbu futbolçi uçun asosiy da’vogarga aylangan. Juma kuni «Arsenal» futbolçi uçun 60 mln funt taklif jönatdi, ESPN xabariga köra bu taklif rad etilgan.
Ammo futbolçining özi ham şu klubga ötişni qattiq istamoqda va klubining «Liverpul»ga qarşi öyindan oldingi maşğulotlariga kelmadi va londonliklar taklifni yangilaşini kutmoqda. «Kaysedo maşğulotlarga kelmadi — u tezroq ketişni istamoqda. «Arsenal» 60 mln funt tölaşga tayyor. «Çelsi» 55 mln funt taklif qilgandi – rad etildi», — deya yozgan insayder Fabritsio Romano. Futbolçi esa klubdan ketişni istayotganini bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan xayrlaşişga ham ulgurdi.
«Men klub rahbari mister Toni Blum va «Brayton»dan APLda öynaş imkoniyatini taqdim etişgani uçun minnatdorman. Men ular uçun hamişa bor imkoniyatimni işga soldim. Men Ekvadorning Santa-Domingo şahridagi qaşşoq oiladagi ön farzandning eng kiçigiman. Hamişa Ekvador tarixidagi eng sovrindor futbolçi bölişni orzu qilganman. «Brayton» tarixidagi rekord transferga aylanişim, klub bu pullarni qayta investitsiya qilişi va muvaffaqiyatga erişişda davom etişiga yordam berişim mumkinligidan faxrlanaman. Fanatlar meni yaxşi qabul qilişdi, ular doimo qalbimda. Şuning uçun umid qilamanki, ular men nima uçun bu ajoyib imkoniyatdan foydalanişni istayotganimni tuşunişadi».
Sönggi xabarlarga köra, «Arsenal» Kaysedo transferi böyiça taklif qiymatini 70 mln funtgaça oşirdi.
Mavzuga oid
Milan Şkrinyar, himoyaçi, «Inter» → «PSJ» Transfer qiymati: 60 mln yevro.
Foto: YASSER BAKHSH/GETTY IMAGES
Slovakiyalik 27 yoşli futbolçining «Inter» bilan şartnomasi muddati 2023 yil yozida tugaydi, «PSJ» esa uşbu himoyaçini hozir transfer qilmoqçi. Jurnalist Sky Sport Germany jurnalisti Florian Plettenbergga köra, parijliklar transferni qişdayoq rasmiylaştiriş uçun 10 mln yevro taklif etmoqçi, milanliklar esa 15 mln yevro söramoqda. Şkrinyarning özi «PSJ»ga ötişga rozilik bergan, u bilan oğzaki kelişuvga erişilgan. Fransuz klubi prezidenti Nosir Al-Hilayfi «Inter»ning asosiy himoyaçisi transferi borasidagi vaziyatni şaxsan nazorat qilmoqda. Parijliklar beş yarim yil yil içida Italiya çempioni bölgan, mamlakat kubogini qölga kiritgan va Superkubok uçun öyinlarda ikki bor ğolib çiqqan uşbu futbolçini transfer qiliş orqali katta mablağni tejab qolişi mumkin.
Ueston Makkenni, yarimhimoyaçi, «Yuventus» → «Lids» Transfer qiymati: 21 mln yevro.
Foto: OCTAVIO PASSOS/GETTY IMAGES
«Lids» amerikalik futbolçini keyinroq 25 mln yevroga transfer qiliş huquqi bilan ijaraga olmoqçi - bu haqda jurnalist Nikolo Şira xabar bermoqda. Bungaça OAVda «Yuventus»ga uşbu 24 yoşli futbolçi uçun 30 mln yevro va bonuslar taklif etilgani xabar qilingandi. «Lids» yozda Ueston bilan 2027 yilga qadar şartnoma tuzib, bonuslardan taşqari, yiliga 3,7 mln yevro maoş tölaşi mumkin. Futbolçining özi ingliz klubiga ötişga rozilik bergan. Ötgan bir yarim yilda Makkenni «Yuventus» safida 96 öyinda maydonga tuşişga ulgurdi. Uning turinliklar bilan şartnomasi 2025 yil yoziga qadar amal qiladi.
Eldor Şomurodov, hujumçi, «Roma» → «Spetsiya» Transfer qiymati: 7 mln yevro.
Foto: PAOLO BRUNO/GETTY IMAGES
Özbekistonlik futbolçi joriy mavsumda deyarli öynamayapti: barça turnirlar doirasida sakkiz öyinda 151 daqiqa va bir gol. Ötgan hafta oxirida rimliklar klubi boş murabbiyi Joze Mourino Şomurodov boşqa klubga ötişini tasdiqladi. «Şomurodov öz mehnatlari evaziga maydonga çiqib, futbol öynaşga munosib. U ötgan vaqt davomida bizga yordam berişga tayyor turiş uçun maşğulotlarda borini berib işladi. U fantastik yigit. Voqealar rivoji qanday bölişini köramiz, balki yarim yildan keyin qaytar», dedi u.
Hozirda Şomurodovning «Spetsiya»ga transferi yakuniy bosqiçda turibdi. Futbolçi mavsum oxiriga qadar ijaraga beriladi. Uşbu forvardga «Torino»dan taşqari, «Lill», «Bayyer» kabi klublardan ham qiziqiş bölgandi, ammo Italiyada qolişga qaror qildi. 27 yoşli futbolçining rimliklar bilan şartnomasi 2026 yil iyuniga qadar tuzilgan. U Italiyadagi ilk mavsumida «Jyenoa» safida 31 öyinda sakkiz gol urgan va «Roma» nazariga tuşgandi.
Enso Fernandes, yarimhimoyaçi, «Benfika» → «Çelsi» Transfer qiymati: 55 mln yevro.
Foto: GUALTER FATIA/GETTY IMAGES
Argentinalik futbolçi – bu safargi qişki transferlar oynasida eng köp muhokama qilingan futbolçilardan böldi. «Çelsi» Fernandesni qölga kiritiş uçun harakatlarini töxtatmayapti, sönggi xabarlarga köra, 2022 yilgi jahon çempioni uçun «Benfika»ga 100 mln yevro va Hakim Ziyoş taklif etilmoqda. CBS Spors jurnalisti Ben Jyeykobsning ma’lumotiga köra, londonliklar portugallar sörayotgan 120 mln yevroni (şartnomadagi badal puli) töliq tölaşni istamayapti. Fernandes «Benfika» prezidenti Rui Koşta va boş murabbiy Rojyer Şmidt bilan suhbatda ketiş niyatini qat’iy tasdiqlab, özini qöyib yuborişni söragan.
Taniqli insayder Fabritsio Romano «Çelsi» 30 yanvar kuni uşbu transfer böyiça muzokaralarning yangi raundini boşlaşni rejalaştirganini xabar qilgan. David Ornşteynning yozişiça, londonliklar yozda uşbu futbolçi uçun kuçli klublar bilan raqobatlaşişga töğri kelişini inobatga olgan holda, hozirning özida harakat qilmoqçi.
2022 yil yozida 22 yoşli Enso «Benfika» bilan 2027 yil yoziga qadar şartnoma tuzgan va ötgan vaqt içida jamoa safida 29 öyin ötkazgan (tört gol, yetti assist).
Hakim Ziyoş, yarimhimoyaçi, «Çelsi» → «Benfika»/«Barselona»/«Milan» Transfer qiymati: 20 mln yevro.
Foto: MIKE HEWITT/GETTY IMAGES
«Çelsi» marokaşlik futbolçisidan qutilmoqçi. London klubi Hakim Ziyoşni nafaqat «Benfika» bilan, balki «Barselona» (Frank Kesse evaziga) bilan transferga qöşişi mumkin. Bundan taşqari, futbolçiga «Milan» tomonidan qiziqiş mavjud, ammo uning 6,5 mln yevrolik yillik maoşi bu transfer uçun (jumladan ijara uçun ham) tösiq bölişi mumkin. Ammo «Çelsi» marokaşlik futbolçi bilan «Roma» «Milan»dan Nikolo Zaniolo uçun talab qilayotganidan kamroq summa evaziga xayrlaşişga tayyor. 2022/2023 yillar mavsumida Hakim Ziyoş «Çelsi» safida 15 öyinda maydonga tuşdi va 1 golga uzatma berdi.
Kanselu, himoyaçi, «Mançester Siti» → «Bavariya» Transfer qiymati: 70 mln yevro.
«Bavariya» kutilmaganda «Mançester Siti» himoyaçisi Kanseluni ijaraga olişga qaror qildi. Bunga nemislar jamoasi himoyaçisi Mazraviy jarohat olgani, Pavar esa yozda «Barselona»ga ketişi kutilayotgani sabab böldi. Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berişiça, Joau Kanselu myunxenliklar klubiga mavsum oxiriga qadar ijaraga beriladi. 28 yoşli futbolçi Myunxenga yölga çiqqan, bugun tibbiy körikdan ötadi
Uşbu portugaliyalik futbolçi APLning joriy mavsumida 17 öyinda maydonga tuşib, 2 gol urgan va 1 assist muallifiga aylangan.
Nikolo Zaniolo, yarimhimoyaçi, «Roma» → «Milan»/«Bornmut» Transfer qiymati: 30 mln yevro.
Foto: PAOLO BRUNO/GETTY IMAGES
La Gazzetta dello Sport naşrining yozişiça, «Roma» Zaniolo uçun kamida 40 mln yevro olmoqçi, ammo «Milan» futbolçini mavsum oxiriga qadar ijaraga olib, mavsum yakunida jamoa YeÇLga yöllanma olgan taqdirda, uni 25 mln yevroga sotib oliş taklifini bermoqda. Rimliklarni esa bunday taklif qoniqtirmaydi, şu tufayli klub «Milan» uçun 24 soatlik dedlayn belgilagan, bu muddat esa allaqaçon tugadi. Endilikda «Roma» uşbu yarimhimoyaçisini ança köproq mablağ taklif etayotgan «Bornmut»ga sotişni rejalaştirgan.
Ammo şu yerda muammo paydo böldi – rimliklar klubi xöjayini Den Fridkin Nikolo Zaniolo faoliyatini «Bornmut»da davom ettirişdan boş tortgaç, ğazab otiga mingan. Calciomercato.com xabariga köra, 23 yoşli hujumkor yarimhimoyaçi Angliyaning uşbu klubiga ötişni yaxşi variant deb hisoblamayapti, bu transfer uni oilasidan ajratib qöyadi. Fridkin esa Zaniolo bu taklifni rad etsa, jamoa tarkibidan çetlatilişi bilan tahdid solmoqda. Xabar qilinişiça, uşbu transferga jalb qilingan tomonlarning barçasi futbolçini APLga ötişga undamoqda.
Jonjo Şelvi, yarimhimoyaçi, «Nyukasl» → «Nottinghem» Transfer qiymati: 7 mln yevro.
«Nyukasl» yarimhimoyaçisi Jonjo Şelvi «Nottinghem Forest»ga ötişga yaqin. The Telegraph ma’lumotiga köra, 30 yoşli futbolçi muzokara ötkazişga ruxsat olgan va duşanba kuni yangi klubi uçun tibbiy körikdan ötişi kutilmoqda. U «qarğalar» rahbariyatiga yangi çaqiruvni qabul qilmoqçi ekanini aytgan.
Angliyalik futbolçi 2,5 yillik şartnoma imzolaşi kutilmoqda. Uning maoşi oşadi – yangi klubida u haftasiga 70 ming funt oladi. Transfer qiymati katta bölmaydi, çunki Şelvining şartnomasi muddati şu yil yozda tugaydi.
Joriy mavsumda uşbu havbek APLda faqat uç öyinda maydonga tuşgan.
Uilson Izidor, hujumçi, «Lokomotiv» → «Lion» Transfer qiymati: 5 mln yevro.
Foto: DMITRIY GOLUBOVIÇ, «ÇeMPIONAT»
Fransuz futbolçisi «Lion» a’zosiga aylanadi. Liga 1 vakili Uilson Izidorni mavsum oxirida 5 mln yevroga sotib oliş şarti bilan 750 ming yevroga ijaraga olmoqda. Insayder Fabritsio Romanoga köra, 22 yoşli futbolçi yaqin vaqtlar içida Fransiyaga uçib, yangi klubi bilan şartnoma imzolaydi. Sotib oliş şartini faollaştirişni talab etadigan öyinlar soniga aniqlik kiritilmagan.
Joriy mavsumda Izidor barça turnirlar doirasidagi 17 öyinda gol va pas böyiça 4+4 körsatkiçi qayd etdi.