Qoraqalpoğistonning Qönğirot tumanida"Nexia-3" yuk maşinasi bilan töqnaşişi oqibatida beş kişi halok bölgan.
Qoraqalpoğiston IIV axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 4 fevral kuni A-380 Ğuzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yölining “Jasliq” aholi punktidan ötgan qismida sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, "Nexia-3" haydovçisi Qönğirot tumani yönalişi böylab harakatlanib ketayotganida boşqaruvini yöqotib, qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan "Mercedes-Benz" yuk maşinasi bilan töqnaşib ketgan.
Oqibatda “Jasliq” posyolkasida yaşovçi 5 kişi – ikki erkak va uç nafar ayol oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












