Özbekistondagi maktablarda bir sinfdagi öquvçilar soni 20 nafarga qisqartirilmaydi, bu töğrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

«Ayni damda bir sinfda öquvçilar soni 35 nafardan oşmasligi belgilangan», deyiladi xabarda.

MMTV qayd qilişiça, yaqin 3 yil içida maktablarda örinlar soni oşirilişi belgilangan.

«Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli qaroriga köra, 2022-2026 yillarda umumiy örta ta’lim muassasalarini quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta’mirlaş hisobiga 1,2 million öquvçi örni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilişi topşirilgan. Qaror böyiça Özbekiston böylab 2899 ta maktabda quriliş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş işlari amalga oşiriladi», deyiladi xabarda.