Içki moliyaviy bozor kölami çeklangan şaroitda, davlatlar ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun taşqi qarzdan foydalanadi. Mutaxassislar tahlillariga köra, jalb etilgan mablağlar yalpi içki mahsulot ösişiga sabab bölsa, taşqi moliyalaştiriş manbalarini jalb etiş bilan boğliq xavotirlar örinsizdir.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini moliyalaştirişning asosiy manbai – davlat budjeti bölib, uning daromad va xarajatlari deyarli teng bölişi lozim.
Strategik islohotlar agentligi mutaxassislari tahlillariga köra, davlat budjeti quyidagiga öxşaş bir qança sababga köra, har doim ham mutanosib bölmasligi mumkin:
davlat budjeti mamlakat iqtisodiy salohiyati yuksalişini ham, hal etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vazifalarning sifat va kölami ösişini ham aks ettiradi. Iqtisodiy ösiş sur’atlari aholi soni ösiş sur’atlariga nisbatan past bölgan taqdirda ham davlat xarajatlari aholi turmuşining yangi son va sifat darajasiga muvofiq bölişi kerak;
davlat xarajatlar oşişi muqarrar bölgan holatlarga duç kelişi mumkin (epidemiyalar, infratuzilmani saqlaş va rivojlantiriş bilan boğliq keçiktirib bölmas xarajatlar, ijtimoiy sohani rivojlantiriş), davlat daromadlari çeklangan hisoblanadi, xarajatlarni içki qayta taqsimlaş imkoniyatlari esa katta emas. Yoki aksinça, kon’yunktura daromadlari oşganda, davlat jamğarma mablağlarni köpaytiradi;
davlat xalqaro moliya-tovar bozorlaridagi holatdan yoki boşqa qulay omillardan kelib çiqib, öz oldiga jadal texnik va iqtisodiy rivojlaniş maqsadlarini qöyadi.
Şuning uçun ham barça mamlakatlar budjet muvozanatini xarajatlar qismi körsatkiçlarini hisobga olgan holda ta’minlaydilar, ya’ni saldo ijobiy bölganda – oltin-valuta zaxiralarini töplaydilar va kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş bilan boğliq vazifalarni hal qiliş maqsadida boşqa moliyaviy jamğarmalarni taşkil etadilar (masalan, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi kabi), saldo salbiy bölganda esa – zaxiralarni işga solib (şu jumladan, oltin-valuta zaxiralarini) va/yoki qarz oliş vositalaridan foydalangan holda budjet muvozanatli bölişiga erişadilar.
Içki moliyaviy bozor kölami çeklangan şaroitda, davlatlar ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun taşqi qarzdan foydalanadi.
Özbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning öziga xosligi şundaki, infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş kölamlari doimo ösib boradi va davlat uşbu loyihalarni eng qisqa muddatlarda bajariş imkoniyatiga ega bölişi lozim. Faqatgina yöl infratuzilmasini saqlaşga har yili 2 mlrd dollargaça mablağ talab etiladi, bu esa mamlakatning 2023 yil uçun rejalaştirilgan davlat budjetining 9,7 foizini (yoki mamlakat konsolidatsiyalaşgan budjetining 7,2 foizini) taşkil etadi.
Bu kabi vazifalarni muayyan muddatlarda hal etiş uçun davlatda 2 ta muqobil yeçim mavjud: soliqlarni oşiriş (bu bilan kelajakda iqtisodiyotni rivojlantiriş rağbatlariga putur yetkaziş) yoki davlat qarzlari vositalaridan foydalaniş va iqtisodiyotni investitsiyaviy infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş hisobidan rivojlantiriş uçun şaroit yaratiş. Şu jihatdan, mamlakatning taşqi qarzi mavjudligi va uning ösişini ğayrioddiy holat deb körmaslik lozim.
Mavzuga oid
Şu bilan birga, soliq tölovçilar ham taşqi qarz hajmi va özgariş sur’ati töğrisida tasavvurga ega bölişi lozimdir. Mamlakat uçun taşqi qarzning iqtisodiy maqbul çegarasini tuşuniş ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jalb etilayotgan resurslardan foydalaniş samaradorligi muhim omil hisoblanadi. Agar jalb etilgan mablağlar YaIM ösişiga sabab bölsa, taşqi moliyalaştiriş manbalarini jalb etiş bilan boğliq xavotirlar örinsizdir.
2022 yil davomida taşqi qarz mablağlari hisobidan muhim infratuzilmaviy loyihalar moliyalaştirildi: umumiy uzunligi 269 km bölgan avtomobil yöllari qayta ta’mirlanişi, 243 km içimlik suvlari va 83,8 km suğoriş suv ötkazgiçlari qurilişi, 15 ta içimlik suvini taqsimlaş joylari (nasoslar, filtrlar), 817 ta gidrotexnik inşootlar qayta ta’mirlanişi şular jumlasidandir.
Özbekiston taşqi qarzi va uning özgarib borişi töğrisida umumiy ma’lumotlar
Taşqi davlat qarzi deganda davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (DDK) qarzlar tuşuniladi.
Sönggi 6 yilda Özbekiston taşqi qarzining ösiş sur’atlari jadallaşgani kuzatildi. Agar 2016 yil oxirida taşqi DDK qarzlari YaIMning 8 foizini taşkil etgan bölsa, 2022 yilning 1 oktyabri holatida u YaIMning 30,14 foiziga yoki 23,16 mlrd dollarga teng böldi. Mazkur summaning 17 mlrd dollari Özbekiston nomidan jalb etilgan qarzdir, 6,16 mlrd dollari esa davlat tomonidan kafolatlangan taşqi qarz hisoblanadi.
Uşbu körsatkiçlarni tahlil qilişda quyidagilarni e’tiborga oliş lozim:
2017 yilda milliy valuta ayirboşlaş kursi qariyb ikki barobar pasaydi hamda sömda hisoblanadigan va AQŞ dollariga köçiriladigan YaIM hajmi sezilarli darajada “kamaydi”. Faqatgina mazkur omil natijasida taşqi qarzning YaIMga bölgan nisbati 6 foiz bandiga oşgan;
Covid-19 va postkovid omillar ta’siri natijasida 2022 yilda davlat budjeti taqçilligi YaIMning 4 foizini taşkil etdi, bu Xalqaro valuta fondi bahosiga köra taşqi qarzning YaIMga bölgan nisbati yana 9 foiz bandiga özgarişiga olib kelgan. Kovid va postkovid davri dunyoning köplab mamlakatlarida taşqi qarz ösişiga olib keldi;
Taşqi qarz ösişiga olib keladigan oqimlar oşganini ösişning qolgan uluşidan ham köriş mumkin. Bu, avvalambor, mamlakat va davlat korxonalarining taşqi qarz bozoriga çiqişi, energetika va logistika infratuzilmalarini modernizatsiya qilişdagi yirik loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliqdir.
Boşqaça aytganda, sönggi 6 yil davomida taşqi qarzning YaIMga nisbatan 29,7 foizlik oşişidan faqatgina 14,7 foiz bandga köpaygani taşqi qarzning YaIMga nisbatan soliştirma qiymati ösişiga bevosita boğliq.
Qanday ijobiy tomonlar mavjud?
Davlat taşqi qarzi ösiş tabiati va dinamikasiga doir bir neçta ijobiy kutilma mavjud:
Birinçidan, taşqi qarzning YaIMga nisbatan ösiş çöqqisi 2022 yilga töğri keldi va istiqbolda pasayişi kutilmoqda.
Ikkinçidan, 2021 yildan buyon davlat taşqi qarzining ösiş sur’atlari sezilarli darajada pasaymoqda. Birgina, 2022 yil boşidan buyon 823 mln dollarlik qarz tölovlari amalga oşirilgani hisobiga davlat taşqi qarzi 1,7 foizga kamaydi.
Uçinçidan, Özbekiston taşqi mablağlarni uzoq muddatlarga va xalqaro darajada tanilgan moliya institutlaridan jalb qilmoqda. Xususan, Xalqaro moliya institutlaridan (XMI) jalb qilgan taşqi qarz portfeli 11,3 milliard dollar yoki taşqi qarz umumiy qiymatining 48,7 foizini taşkil etadi.
Uşbu kreditlar uzoq muddatli bölib, xalqaro kapital bozoridagi nisbatan qimmat qarzlardan farqli ölaroq Özbekistonga imtiyozli foizlar böyiça uzoq muddatlarga – 20 yildan 40 yilgaça bölgan davrga taqdim etilmoqda.
Törtinçidan, jalb etilgan mablağlarning taxminan törtdan bir qismi davlat budjeti taqçilligini qoplaş maqsadlariga, törtdan uç qismi energetika (25 foiz), transport (11 foiz) va qişloq xöjaligi (10 foiz), turar joy sektoridagi (9 foiz) investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun işlatilgan. Ya’ni jalb etilgan pullar iste’mol maqsadlariga emas, balki energetika, transport tizimi va qişloq xöjaligi loyihalari uçun şaroit sarflanmoqda.
Beşinçidan, taşqi qarz sifatida jalb etilayotgan resurslar asosan AQŞ dollarida ifodalangan (74,8 foiz), şuningdek, asosan AQŞ dollarida şakllanadigan eksport tuşumi tuzilmasiga muvofiqdir. Şunday qilib qarzni tölaşda qöşimça valuta xatari yuzaga kelmaydi.
Oltinçidan, Özbekiston 2020 yildan taşqi qarz jalb etiş böyiça qonuniy çeklovlar örnatdi. Endilikda nafaqat yillik qarz miqdori maksimal hajmi, balki taşqi davlat qarzining oxirgi darajasi (YaIMning 60 foizidan köp bölmagan) ham qonunlar bilan çeklangan.
Budjet kodeksiga muvofiq, keyingi yil uçun davlat budjetini tasdiqlaşda taşqi qarzning maksimal hajmi davlat budjeti parametrlari bilan birga qonun körinişida örnatiladi. Natijada, davlat nomidan hamda davlat kafolati bilan tuzilgan taşqi qarz şartnomalarining hajmi töxtovsiz pasaymoqda.
Yettinçidan, Xalqaro valuta fondining baholaşiga köra Özbekistonda taşqi qarz krizisi yuzaga keliş xatari past, qarzga xizmat körsatiş qobiliyati esa yuqori hisoblanadi. Özbekistonning valuta tuşumlari asosiy manbalari barqarordir, ya’ni eksport hajmlari ösmoqda, mamlakatga transçegaraviy ötkazmalar hajmi oşib bormoqda, joriy tölov balansining asosiy körsatkiçlari barqaror bölib, defolt tahdidi yöq hisoblanadi.
Agar mamlakatning joriy tölov hisob varaği salbiy şakllanganda taşqi qarz va unga xizmat körsatiş böyiça majburiyatlar hajmi hukumatni jiddiy taşvişga solişi mumkin edi. Biroq Özbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga köra, 2022 yilning 9 oyida mamlakatning joriy tölov hisobi 194 mln dollar miqdorida ijobiy körsatkiçni taşkil etgan. (Taqqoslaş uçun, 2021 yilning 9 oyida salbiy saldo 5,2 mlrd dollarga teng bölgan). Bunda savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) salbiy saldosi (11 mlrd dollar) birlamçi va ikkilamçi tuşumlarning (11,2 mlrd dollar) ijobiy saldosi bilan töliq qoplangan.
Eksport hajmi (nomonetar oltinni hisobga olmaganda) 11 mlrd dollarni taşkil etib, 2021 yilning 9 oyi bilan soliştirganda 25 foizga oşgan.
Biroq eng ijobiy jihat – bu ikkilamçi tuşumlarning saldosi 2,4 barobar oşgani bilan boğliq. Jumladan, şaxsiy transçegaraviy ötkazmalar 2021 yilning tegişli davri (2021 yilning 9 oyida 4,5 mlrd dollar) bilan soliştirganda 2022 yilning mos davrida 10,9 mlrd dollarni taşkil etib, 2,4 barobarga oşgan.
MBning ma’lumotlariga köra, 2022 yilning 9 oyida moliyaviy hisob uzoq yillar davomida ilk bor 0,5 mlrd dollar hajmida musbat şakllangani – yana bir ijobiy faktdir (2021 yilning 9 oyida salbiy saldo 6,1 mlrd dollarga teng bölgan). Uşbu davr mobaynida töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning sof ösişi 1,7 mlrd dollarni taşkil etgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi