Markaziy bank e'lon qilgan navbatdagi hisobotda respublika umumiy taşqi qarzining hajmi 2020 yil boşiga nisbatan 37,4 foizga yoki 9,2 milliard dollarga oşib, 1 yanvar holatiga 33,8 milliard dollarni taşkil etgani ma'lum qilindi.

Qayd etilişiça, mazkur mablağlardan 21,3 milliard dollari davlat taşqi qarzi, 12,5 milliard dollari esa davlat tomonidan kafolatlanmagan taşqi qarz hisoblanadi.

Davlat taşqi qarzining ösişi

2020 yilda davlat taşqi qarzining sof ösişi, kurslar va narxlar özgarişini inobatga olganda, 5,5 milliard dollarni taşkil qildi. Bu ösiş asosan yangi qarzdorliklar jalb qilinişi va davlat qimmatli qoğozlari çiqarilişi bilan izohlanadi.

Ötgan yilda xususiy qarzdorlik 3,7 milliard dollarga oşib, asosan banklar hissasiga töğri kelgan.

«2020 yilda xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 5,5 milliard dollar qarzdorlik jalb qilindi. Uşbu qarzlarning 4,3 milliard dollari asosan banklar hissasiga töğri kelsa (joriy yil IV çoragida ikkita bank tomonidan qiymati 600 million dollarlik yangi qimmatli qoğozlar çiqarildi), neft-gaz va energetika sektoridagi korxonalar 211,8 million dollar va iqtisodiyotning boşqa sektorlari tomonidan 984 million dollar jalb qilingan», – deyiladi Markaziy bank maxsus naşrida.

Davlat taşqi qarzi böyiça amalga oşirilgan foiz tölovlari

Ma'lum qilinişiça, hisobot davri mobaynida davlat taşqi qarzi böyiça 651,3 million dollar miqdordagi asosiy qarz va 380,2 million dollar miqdordagi foiz tölovlari amalga oşirilgan.

Xususiy taşqi qarz tölovlari asosiy qarz böyiça 2 milliard dollar va foiz tölovlari böyiça 370,8 million dollarni taşkil qildi. Bunda asosiy qarz va foizlar böyiça tölovlarning eng katta qismini banklar hamda neft-gaz va energetika sektori korxonalari amalga oşirmoqda.

2020 yilda xususiy sektorning taşqi qarz tuşumlari va tölovlari töğrisidagi ma'lumotlar hamda xususiy taşqi qarzning söndirilişi böyiça prognozlar xalqaro hisobot tizimi talablariga muvofiq kreditorlar va qarz oluvçilar kesimida taqdim etilmoqda.