Yevroparlamentning ikki deputati Yevroparlament qarorlariga ta’sir ötkaziş maqsadida Qatardan pora olayotgani böyiça «Qatargeyt» korrupsion tekşiruvi doirasida qölga olindi. Bu haqda 10 fevral, juma kuni keçqurun dpa axborot agentligi xabar berdi.

Belgiya politsiyasi Mark Tarabellani hibsga oldi. Deputatning işxonasi va turar joyida tintuvlar ötkazildi. Andrea Kotssolino Italiyada uşlandi. Bu Kotssolino davolanayotgan Neapoldagi kasalxonadan çiqişda sodir böldi. Uning idorasi ham tintuv qilingan.

Ikkala deputat ham qandaydir «uçinçi davlat»dan pora olganlikda gumon qilinmoqda. OAV xabarlariga köra, gap Qatar haqida, Kotssolino masalasida esa Marokaş haqida ketmoqda. Fevral oyi boşida ikkala siyosatçi ham tergov munosabati bilan deputatlik daxlsizligidan mahrum qilindi va Yevroparlamentdagi sotsial-demokratlar guruhidan çiqarib yuborildi.

Mark Tarabella ikki yil davomida jami 120 000 dan 140 000 yevrogaça pul oliş evaziga uçinçi davlat foydasiga Yevroparlamentdagi ma’lum pozitsiyani qöllab-quvvatlaganlikda gumon qilinmoqda, deyiladi Yevroparlament hisobotida.

Öz navbatida, Andrea Kotssolino, tergovga köra, pul mukofoti uçun «Yevropa parlamentida muhokamalar va qabul qilingan qarorlarga ta’sir körsatişda bir yoki bir neçta xorijiy davlatlarning aralaşuvi natijasida yuzaga keladigan korrupsiya harakatlariga qöşilgan bölişi mumkin». Tarabella ham, Kotssolino ham öz aybini inkor etdi.

Yevroparlamentdagi korrupsiya mojarosi ötgan yilning dekabr oyida boşlangan. Uning markazida YeP vitse-prezidenti Yeva Kayli edi. U va yana beş kişi 9 dekabr kuni Bryusselda qölga olingan. Ulardan ikki nafari keyinçalik qöyib yuborilgan. Belgiya prokuraturasi Qatar ular orqali «katta miqdordagi pul va sovğalar yordamida Yevroparlament qarorlariga ta’sir ötkazişga» uringanlikda gumon qilmoqda. Rasmiy Doha barça ayblovlarni rad etadi.

Yevroparlamentda Kayli Qatardagi vaziyatni tahlil qilgan guruhda işlagan. Jahon çempionatiga tayyorgarlik jarayonida bu davlat Osiyo va Afrikadan kelgan mehnat muhojirlari huquqlarini keng miqyosda buzganlikda ayblangan edi. Tergov ma’lumotlariga köra, turnir boşlanişidan biroz oldin Kayli Qatar mehnat vaziri Ali bin Samih Al-Marri bilan uçraşgan.

Şundan söng u Yevroparlamentda sözga çiqib, Qatardagi mehnat bozori islohotiga ijobiy baho berib, uni «arab dunyosini ilhomlantirdi», mamlakatning özini esa «işçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça ilğor davlat» deb atadi. Kayli va işdagi boşqa ayblanuvçilar jinoiy taşkilotga aloqadorlik, pul yuviş va korrupsiyada ayblanmoqda. Tintuvlar çoğida iş böyiça ayblanuvçilardan 1,5 million yevro musodara qilingan.