Yangi hujjat loyihasiga köra, özgartiriş va qöşimçalarga asosan içki işlar organlari kinologiya bölinmalari şartnoma asosida jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli itlarni tayyorlaş, ularning itlarini vaqtinçalik kinologiya bölinmalarida saqlaş böyiça pulli xizmatlar körsatiş, şuningdek yetiştirilgan va özlarining ehtiyojidan ortiq bölgan hamda xizmatga yaroqsiz itlarni sotiş huquqi berilmoqda.
Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentabrdagi 750-son qarori, Özbekiston prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son farmoni talablariga muvofiqlaştirilmoqda.
Uşbu qarorning qabul qilinişi Özbekiston davlat budjetidan qöşimça xarajatlarni talab etmaydi. Loyihani tayyorlaşda Davlat bojxona qömitasining kinologiya sohasidagi tajribalari inobatga olingan.









