Tabiiy ofatdan töqqiz kun ötib, çorşanba kuni Qahramonmaraş viloyatida ikki ayol vayronalar ostidan olib çiqildi.
Ayollardan biri – Jamila Kekeç 74 yoşda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uni çiqarib olgan qutqaruvçilar şodlikdan bir-birini quçayotgani va olqişlayotganini köriş mumkin. U bilan birga uning 42 yoşli qizi Malika Imomöğli ham qutqarilgan.
«Biz zilziladan keyingi 226-soatda guruhlarimizning sa’y-harakatlari bilan 74 yoşli ayol Jamila Kekeçning vayronalar ostidan tirik holda olib çiqilişiga guvoh böldik», deya yozdi feysbukida uşbu videoni ilova qilgan Darija şahri meri Muzaffar Bayik.
Undan oldinroq xarobalar ostidan 46 yoşli yana bir ayol olib çiqilgandi.
Turkiya va Suriyada qurbonlar soni 41 mingdan oşgan. Millionlab omon qolganlar va jabrlanganlar insonparvarlik yordamiga muhtoj - ularning köpçiligi sovuq qiş kunlarida boşpanasiz qolmoqda.

Foto: MUZAFFER BIYIK/FACEBOOK
Kasallik tahdidi
Endilikda rasmiylar va qutqaruvçilarning asosiy e’tibori omon qolganlarga qanday yordam berişga qaratilgan. Zilzilalardan birining epimarkazi bölgan Qahramonmaraşda omon qolganlar stadionda örnatilgan palatkali şaharçada yaşamoqda.
Şahar infratuzilmasining katta qismi buzilib ketgan, rasmiylar va şifokorlarning asosiy vazifasi esa kasallik tarqalişiga yöl qöymaslik hisoblanadi.
«Biz zilziladan buyon yuvina olganimiz yöq», deydi 21 yoşli talaba-dizayner Muhammad Amin.
Qahramonmaraş stadionidagi lagerda jami oltita hojatxona mavjud. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Turkiyadagi vakili Botir Berdiqiliçev jabrlangan hududlarda suv yetişmovçiligi infeksion kasalliklar avj olişi xavfini oşirişi töğrisida ogohlantirgan.
Zilziladan jabrlangan boşqa bir şahar – Iskandarunda maxsus jihozlangan paromda jabrlanganlarga yordam körsatiş bilan maşğul farmatsevt Jin Özsaygili ham yaqinlaşib kelayotgan epidemiya haqida gapiradi.
«Biz vabo va iç terlama avj olişini kutyapmiz. Buning oldini oliş uçun tezlik bilan çiqindilarni olib ketiş, tozalaş va kalsifikatsiya ötkaziş zarur, ammo hozirda bu imkonsiz iş. Biz imkon qadar [kasalliklar tarqalişining oldini olişga] harakat qilamiz», degan u.














