“Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ERIELL va Enter Engineering kompaniyalariga berilgan neft va gaz sohasidagi yirik buyurtmalar yuzasidan izoh berdi.
“Ozodlik” radiosi e’lon qilgan suriştiruvda bu ikki kompaniyaga 5 yil içida 35 mlrd söm “tutqazilgani” ta’kidlangan edi. Rasmiylarga köra, “bu summaning teng yarmi havodagi, tagi yöq mablağ”.
Şuningdek, bu loyihalarga “budjetdan bir dollar ham ketmagani” ma’lum qilindi.
“Özbekneftgaz” bayonotida ERIELL va Enter Engineering boş pudratçi sifatida tanlangan 9 ta loyiha haqida quyidagiça ma’lumotlar berilgan:
1. “Mustaqillikning 25 yilligi” koni
Konni özlaştiriş loyihasida 2,9 mlrd dollarlik işlar bajarilişi közda tutilgan, hozirga qadar esa amalda tuzilgan pudrat şartnomalari qiymati – 1,73 mlrd dollarni taşkil etadi. Qolgan işlar böyiça hali şartnoma imzolanmagan.
Moliyalaştiriş manbasi – investorning öz mablağlari va töğridan töğri kreditlar. Davlat kafolati berilmagan.
Investorlar bilan 50/50 nisbatdagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolangan.
2. Qoraköl erkin iqtisodiy zonasini va gaz-kimyo klasterini taşkil etiş
Loyiha böyiça tuzilgan şartnoma qiymati – 3 mlrd dollar. Moliyalaştiriş manbasi – investorning öz mablağlari va töğridan töğri kreditlar, davlat kafolati berilmagan.
3. 2017-2021 yillarda uglevodorod xomaşyosi qazib olişni köpaytiriş böyiça dastur
Tuzilgan şartnoma doirasida 2,3 mlrd dollar moliyalaştirilgan:
- 805 mln dollar “Özbekneftgaz” AJning öz mablağlari;
- 710 mln dollar davlat kafolatisiz "Gazprombank" krediti;
- 585 mln dollar davlat kafolati ostida Ipak yöli jamğarmasi (Xitoy) krediti;
- 200 mln dollar Moliya vazirligi foizli qarz mablağlari.
Pudratçilar tender asosida jalb qilingan.
4.












