Uçraşuvda Özbekiston va Yaşil rivojlaniş global instituti örtasida respublikada «yaşil» rivojlaniş sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va GGGI örtasidagi kelişuvga muvofiq, hozirgi kunda qiymati 5,9 million dollar bölgan «Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etiş uçun Orolböyi mintaqasi uçun yaşil tiklaniş» loyihasi amalga oşirilmoqda. Orol dengizida yaşil agrosanoat va qayta tiklanadigan energetika sohalarida loyihalar işlab çiqilmoqda.
Muzokaralar davomida Frank Raysberman GGGI Özbekistonda ekoinnovatsiyalar, energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etiş, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlaştiriş, «aqlli» qişloq xöjaligini rivojlantiriş, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalaniş kabi yönalişlarda turli dasturlarni amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.











