Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari 2017-2022 yillarda Özbekistonda tadbirkorlik sohasida amalga oşirilgan muhim islohotlar va ularning natijasini örgandi.
Respublikada 2017 yildan boşlab biznesni röyxatga oliş osonlaştirildi. Natijada röyxatga olingan tadbirkorlik sub’yektlari soni 2017 yilda 229,6 mingtani taşkil etgan bölsa, 2022 yil söngiga kelganda 555,9 mingtaga yetdi yoki 2017 yildagiga nisbatan 2,4 barobar köpaydi.
Sönggi yillarda respublikada tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş borasida muhim qadamlar qöyildi. Masalan, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2017 yilda 5 foizni taşkil qilgan bölsa, 2022 yilga kelganda 1,5 foizgaça pasaytirildi. 2017 yilda soliq turlari 13 ta edi. Ular 9 tagaça kamaytirildi. 2017-2022 yillar oraliğida soliq tekşiruvi turlari 10 taga qisqardi va 13 tadan 3 tagaça kamaydi.
Ma’lumot uçun, Soliq kodeksiga köra, soliq organlari quyidagi soliq tekşiruvlarini ötkazadi:
- kameral soliq tekşiruvi;
- sayyor soliq tekşiruvi;
- soliq auditi.
Qöşilgan qiymat soliği stavkasi 2016 yilda 20 foizni taşkil etgan bölsa, soliq tizimida olib borilgan islohotlar natijasida, 2023 yilning 1 yanvaridan QQS stavkasi 12 foizga tuşirildi.
2022 yil yakunlariga köra, hududlarda faoliyat körsatayotgan kiçik tadbirkorlik sub’yektlari soni 2017 yildagiga nisbatan Toşkent şahrida 2 barobar ortib, 106 mingtaga, Toşkent viloyatida 2,3 barobar ortib, 49,1 mingtaga, Samarqand viloyatida 2,9 barobar ortib, 47,9 mingtaga yetgan.
2019 yil 24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş davlat dasturlari doirasida amalga oşirilayotgan loyihalarni kreditlaş tartibini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida belgilangan vazifalarning hayotga tatbiq etilişi tufayli 2018-2022 yillar mobaynida oilaviy korxonalar soni 2 barobar oşdi. Natijada xususiy biznes va kiçik tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi uluşi 29,5 foizga yetdi.










