Roskomnadzor Rossiyadan The Bell saytiga kirişni blokladi, bu kiriş çeklovlarini tekşiriş böyiça idora servisi ma’lumotlaridan kelib çiqadi. Bu haqda 19 fevral, yakşanba kuni Rossiya OAV xabar berdi. Agentlik bloklaşga nima asos bölganini aniqlaştirmadi. The Bell jamoasi qayd etişiça, Rossiyada joylaşgan foydalanuvçilar VPN'dan foydalangan holda saytga kirişlari mumkin.

2022 yil fevralida Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri Roskomnadzor Rossiyadagi minglab saytlarni, jumladan, köplab mustaqil ommaviy axborot vositalarini bloklab qöygan. Bundan taşqari, idora ommaviy axborot vositalaridan qöşni davlat bilan uruşni «maxsus operatsiya» deb ataşni talab qildi va 2022 yil mart oyida Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» va u haqdagi «feyk»lar uçun jazo joriy etildi.

Şundan söng, The Bell tahririyati maqolalar böyiça jurnalistlarni jinoiy javobgarlikka tortiş xavfi tufayli uruşni yoritişni töxtatişga qaror qildi, ammo keyin buni davom ettirdi. Ötgan yil davomida Rossiya Adliya vazirligi The Bell va uning asosçisi Yelizaveta Osetinskayani «xorijiy agentlar» röyxatiga kiritdi.