O‘zbekiston | 09:59 / 21.02.2023
8864
10 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekiston sug‘urta bozorining yetakchisi - “O‘zbekinvest” kompaniyasi 2022 yilda dunyoning 118 davlati sug‘urta bozorlarida tan olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida iqtisodiyotda, jumladan, moliya sohasida va uning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan sug‘urta bozorida keng islohotlar amalga oshirilmoqda.

Foto: O‘zbekinvest

Sug‘urta sohasini rivojlantirishda “O‘zbekinvest” kompaniyasi faol ishtirok etib, 2022 yil yakunlariga ko‘ra ijobiy dinamikani ko‘rsatdi va faoliyatidagi asosiy ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishini ta’minladi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2022 yildagi faoliyati yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni saqlabgina qolmay, balki yanada mustahkamlab, 931 milliard so‘m sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘ilishini ta’minladi hamda 2021 yil yakuniga nisbatan hajmlarning 242 foizga o‘sishiga erishdi.

2017 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida yig‘ilgan mukofotlar miqdori 9 barobarga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining eksport faoliyatini sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash bo‘yicha qarorlarida aks ettirilgan kompaniya oldidagi vazifalar ijrosi doirasida 2022 yilda “O‘zbekinvest” tomonidan milliy tovar va xizmatlar eksportchilariga 2,1 milliard AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi, bu esa respublikaning noxomashyo eksportida himoyasining 32 foizini tashkil etdi.

2022 yil ko‘rsatkichlari keskin o‘sishining asosiy sababi – kompaniyaning xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urtalash bozorlarida sug‘urta operatsiyalarining jadal va barqaror rivojlanishi bo‘ldi, shu bois 2022 yil yakunlariga ko‘ra qayta sug‘urta mukofotlarining hajmi 54 million AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa 2021 yilgi ushbu ko‘rsatkichdan 3 barobar ko‘pdir. Natijada 2022 yilda kompaniyaning jami sug‘urta portfelidagi xizmatlar eksportining ulushi 2017 yildagi 0,5 foizdan 65 foizgacha oshdi.

Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveytsariya), Tokio Marine (Yaponiya), AXA (Fransiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Janubiy Koreya), Marsh (AQSh), Willis, AON va UIB (Buyuk Britaniya) kabi yetakchi xalqaro transmilliy sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari va brokerlari bilan birgalikda ishlashni yo‘lga qo‘yilishi natijasida “O‘zbekinvest” hamkor mamlakatlar geografiyasini kengaytirdi. Bugungi kunda “O‘zbekinvest” kompaniyasining qayta sug‘urtalash himoyasi dunyoning 118 ta davlatida qabul qilinmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida, “O‘zbekinvest” kompaniyasining so‘nggi yillarda xalqaro sug‘urta bozorining faol va tan olingan nufuzli ishtirokchisiga aylanganidan dalolat beradi.

Respublika iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, 2022 yilda kompaniya hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarning sug‘urta himoyasini ta’minlash doirasida jadal o‘sishni ta’minladi. 2022 yilda sug‘urta mukofotlarining yig‘imi 42,2 milliard so‘mni tashkil etib, 2021 yil yakunlariga nisbatan 132 foizga o‘sishiga erishdi.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida sug‘urta faoliyatini yanada faol rivojlantirish orqali kompaniya sug‘urta mukofotlari yig‘imini 2021 yilga nisbatan 130 foizga o‘sish bilan 11,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2022 yilda kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini sug‘urtalash faoliyati bo‘yicha 35,9 milliard so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘imi amalga oshirildi.

Jismoniy shaxslarni sug‘urtalash segmentida esa 2021 yil yakunlariga nisbatan 124 foiz o‘sish bilan 63,4 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ildi.

Bunda kompaniyaning 14 ta filial, 214 ta sug‘urta bo‘limi hamda 2000 dan ortiq sug‘urta agentlaridan tashkil topgan rivojlangan hududiy tarmog‘i katta hissa qo‘shdi. 

“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida” faoliyatni “mahallabay” tamoyili asosida tashkil etishga o‘z hissasini qo‘shdi. Mahalla va aholi punktlarida, jumladan, respublikaning chekka hududlarida aholining keng qatlamlarini sug‘urta himoyasidan foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida kompaniya xodimlari tomonidan sug‘urta asoslari bo‘yicha muntazam ravishda treninglar o‘tkazildi va buning natijasida 1029 nafar kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan fuqarolar sug‘urta agentlari sifatida ish bilan ta’minlandi. 2022 yilda ular tomonidan mahallalarda 12,3 milliard so‘mlik 176 ming donadan ortiq sug‘urta polislari sotildi.

Yuqori darajadagi to‘lov qobiliyati hamda risklarning quyi darajada bo‘lishi kompaniyaning asosiy tamoyillaridan biridir. Ushbu missiyaning muvaffaqiyati Xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tasdiqlandi - 2022 yil mart oyida A.M. Best Company (AQSh) kompaniyasidan “O‘zbekinvest”ga “Barqaror” prognozi bilan “bb” xalqaro kredit reytingi yana bir bor berildi. Shu bilan birga, “O‘zbekinvest” O‘zbekistonda ushbu agentlik tomonidan xalqaro reytingga sazovor bo‘lgan birinchi va yagona tashkilot hisoblanadi.

Shuningdek, 2022 yil dekabr oyida “Moody’s Investors Service Ltd.” tashkiloti kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini “Barqaror” prognozi bilan “Ba3” darajasida tasdiqladi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston bank-moliya sektori tuzilmalari orasida eng yuqori hisoblanadi.

Davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida raqamlashtirishni faol joriy etish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda “O‘zbekinvest” mamlakatimizda birinchi bo‘lib mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi biometrik axborot tizimining zamonaviy raqamli texnologiyasi Face ID’ni barcha axborot tizimlari va mobil ilovalariga joriy qildi. Bu esa 2022 yil davomida 80 mingdan ortiq mijozlarga Face ID texnologiyasidan foydalangan holda sug‘urta xizmatlarini bir zumda rasmiylashtirish va xarid qilish qulayligini yaratib berdi.

Kompaniya mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida onlayn sug‘urta platformalarini ishga tushirdi va qisqa vaqt ichida sug‘urtaning 9 turini to‘liq onlayn rejimiga o‘tkazdi. 2022 yilda kompaniyaning raqamli platformalari orqali 303 000 dan ortiq onlayn polislari sotib olindi, bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 15 barobar ko‘pdir.

Barcha elektron platformalarda sug‘urta hodisasini ko‘rib chiqish uchun onlayn ariza berish xizmati mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu xizmat sug‘urta hodisasini ofisga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda hal qilish va buning uchun sug‘urta tovonini olish imkonini beradi.

Sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni saqlab qolishda kompaniyaning xodimlari va sug‘urta agentlarining malakasi va bilimini muntazam ravishda oshirib borishga qaratilayotgan katta e’tibor ahamiyatli bo‘ldi. 2022 yilda “Sug‘urta maktabi”ni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi, kompaniyaning 3283 nafar xodimi va sug‘urta agentlarining malaka oshirishiga yordam bergan “Sug‘urta akademiyasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish konsepsiyasi doirasida 2022 yil davomida hududiy filial rahbarlari dunyoning o‘nta yirik qayta sug‘urtalovchilaridan biri bo‘lgan Korean Reinsurance Company (Korean Re), Hyundai Marine & Fire Insurance (Janubiy Koreya) sug‘urta kompaniyalariga tajriba almashish uchun yuborildi hamda 30 nafar tuman bo‘limlari boshliqlari va kompaniyaning yetakchi mutaxassislari Praga shahridagi G‘arbiy Bogemiya universiteti (Chexiya)da malaka oshirish kurslarini tamomladi.

2022 yil may oyida O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Makon Marketing Forum IV yillik biznes-forumida “O‘zbekinvest” kompaniyasi “Yil brendi” mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, kompaniya “Sug‘urta bozori yetakchisi” nominatsiyasi sohibi bo‘ldi.

“O‘zbekinvest” ijtimoiy yo‘naltirilgan tijorat tuzilmasi bo‘lib, kompaniya tomonidan 2022 yilda ijtimoiy va xayriya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, mehribonlik uylariga, sport federatsiyalariga va maktablarga manzilli moddiy va xayriya yordami ko‘rsatishga 1,9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da belgilangan vazifalarga muvofiq “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi o‘z faoliyatini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini belgilagan holda xalqaro sug‘urta bozorlarida faoliyatni yanada kengaytirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, innovatsion sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish, onlayn sug‘urtani rag‘batlantirish, “uzluksiz ta’lim” konsepsiyasini amalga oshirish va kadrlar malakasini oshirishdagi ishlarni davom ettirishni reja qilib belgilab qo‘ygan.

2023 yilda “O‘zbekinvest”ning tahlillashtirish, risklarni baholash, qarorlar qabul qilish va hujjatlarni rasmiylashtirishdagi barcha asosiy jarayonlari sun’iy intellekt texnologiyasiga asoslangan raqamli formatga o‘tkazgan holda to‘laqonli raqamli kompaniyaga aylanish bo‘yicha tizimli ishlar yakunlanadi.

Mavzuga oid