Özbekiston prezidentining tegişli farmoniga asosan Salom Ismatoviç Samadov boş prokuror örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Salom Samadov 1963 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy, huquqşunos. 1990 yilda Xarkiv yuridik institutini tamomlagan. 3–darajali davlat adliya maslahatçisi hisoblanadi.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati Fayzullo Xöjayev tumani prokuraturasida boşlagan. Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boşlab Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari, Xatirçi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpoğiston prokurori örinbosari, Qoraqalpoğiston prokurori, Özbekiston prezidenti davlat maslahatçisi örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Samadov avval ham, 2017–2018 yillarda boş prokuror örinbosari lavozimida işlagan, 2018 yil oktyabridan 2022 yil avgustiga qadar Toşkent viloyati prokurori bölgan, şundan keyin Qaşqadaryo viloyati prokurori lavozimiga ötkazilgandi.

U endi joriy yil yanvarida Toşkent şahri prokurori lavozimiga ötkazilgan Erkin Yöldoşev örnini egallagan bölişi mumkin. 

  • Bundan oldinroq Namangan viloyati IIB boşliği Şavkat Rahmonov Içki işlar vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.