23 fevral kuni içki işlar vaziri general-leytenant Pölat Bobojonov tomonidan Namangan viloyatida içki işlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yiğiliş ötkazildi.

Yiğilişda taşkiliy masalalar körildi. IIV matbuot xizmatiga köra, Özbekiston prezidentining qaroriga asosan polkovnik Şavkat Rahmonov Özbekiston Içki işlar vazirining birinçi örinbosari - Tezkor-qidiruv departamenti boşliği lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi. 

Şuningdek, içki işlar vaziri buyruği bilan Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga polkovnik Şuhrat Aliyev tayinlandi.

Şuhrat Aliyev 2017 yil martidan buyon Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelayotgandi.