Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşliği polkovnik Şavkat Rahmonov ham lavozimini tark etgan.
Bu haqda rasmiy ma’lumot berilmadi, ammo vazirlik saytida rahbariyat bölimida Rahmonov haqida ma’lumotlar yöq bölib qolgan.
Ayni vaqtda Bekmurod Abdullayev, Davron Nazarmuhamedov, Ramazon Aşropov, Zufar Qurbonov, Saidkarim Nişonboyev hamda Bahodir Mirzarahimov vazir örinbosari sifatida körsatilgan.
Polkovnik Şavkat Rahmonov muqaddam Xorazm viloyati IIB (2017–2019 yillar), Samarqand viloyati IIB (2019–2022) va Namangan viloyati IIB (2022–2023) rahbari lavozimlarida işlagan. 2023 yil fevraldan buyon Özbekiston içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston IIVni 2017 yil sentabridan buyon boşqarib kelgan general-leytenant Pölat Bobojonov 2025 yil 3 mart kuni lavozimini tark etdi, u prezident maslahatçisiga örinbosar bölgan.
Uning örniga 2020 yil martidan buyon Toşkent şahri IIBB boşliği bölib kelgan general-mayor Aziz Toşpölatov tayinlandi.
Öz navbatida, Toşpölatov örniga polkovnik Ravşan Sultonxöjayev Toşkent şahri IIBBning yangi boşliğiga aylandi, u 2023 yil avgustidan buyon Xorazm viloyati IIB boşliği edi.

















