2022 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq böyiça davlat budjetiga tuşumlar 13,9 trln sömni taşkil etib, 2021 yilga nisbatan 1,9 trln sömga (12,2 foizga) kamaydi. Bu haqdagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida keltirilgan.

Ma’lum bölişiça, yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq böyiça tuşumlarning asosiy qismi (63,7 foiz) davlat uluşiga ega oltin va mis qazib oluvçi korxonalar hissasiga töğri keladi.

Bu soliq turi böyiça tuşumlarning pasayişi foydali qazilmalarning ayrim turlari böyiça soliq stavkalarining unifikatsiya qilinişi va pasaytirilişi bilan boğliq.

“[Soliq stavkalari] tabiiy gaz böyiça – 30 foizdan 10 foizgaça, neft va gaz kondensati böyiça 20 foizdan 10 foizgaça pasaytirilişi hamda 2022 yildan boşlab soliq bazasini aniqlaşda “Netback” (ortga hisoblaş) mexanizmi joriy etilgani natijasida soliq tölovçilar ixtiyorida 538,1 mlrd söm qoldirildi”, – deyiladi hisobotda.

Davlat budjetining 2022 yilgi prognozlariga köra, yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq tuşumlari 14,3 trln söm bölişi kerak edi. Imtiyozlar tufayli budjetga tuşumlar prognoz körsatkiçlaridan kamroq bölgan: 13,76 trln söm.

2022 yildan boşlab Özbekistonda yer qa’ridan foydalanganlik uçun (oltindan tortib gazgaça) soliq stavkalari pasaytirilgandi. Lekin stavkalar NKMK, OKMK va “Özbekneftgaz” uçun özgarmasdan qoldi. Imtiyozlardan maqsad xususiy kompaniyalarni investitsiya kiritiş va foydali qazilmalar miqdori kam konlarni özlaştirişga rağbatlantiriş ekani aytilgandi.

Yerosti boyliklarini özlaştiruvçilarga yer qa’ridan foydalanganlik uçun pasaytirilgan soliq stavkalari quyidagiça edi:

  • neft va tabiiy gaz böyiça 10 foizgaça (avval neft 20 foiz, tabiiy gaz 30 foiz edi);
  • oltin va mis uçun 7 foizgaça (avval oltin 10 foiz, mis 10 foiz edi);
  • volfram konsentrati uçun 2,7 foizgaça (avval 10,4 foiz edi);
  • uran uçun 8 foizgaça (avval 10 foiz edi) kamaytirilgan.

Bundan taşqari, yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanişga topşirilgan oydan boşlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq tölaşdan ozod qiliş, keyingi uç yilda uşbu soliq uçun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavka qöllanişi ham belgilangandi.