24 fevral kuni milliy matbuot markazida bölib ötgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi boşqarma boşliği Ixtiyor Ergaşev «Geografik obektlar nomlari töğrisida»gi qonunda obektlarni nomlaşda mahalliy aholining fikrini hisobga oliş belgilangan bölsa-da, uning tartibi oçib berilmaganiga urğu berdi.

«Natijada, amaliyotda turli muammolarga duç kelingan. Amalda aholi punktlariga nom beriş tuman, şahar deputatlari kengaşlariga berilgani sababli tarkibida bir neçta tumanlar bölgan Toşkent, Namangan kabi şaharlar, Tuman va şahar nomi öxşaş bölgan Şahrisabz va Kattaqörğon kabi şaharlarda ikki va undan ortiq tumanlarni kesib ötgan geografik obektlarga nom beriş yoki qayta nomlaş uçun har bir şahar/tuman kengaşi qaror çiqargan. Şuning uçun bitta hudud ikki xil nomlanib qolgan holatlar ham kuzatilgan», – dedi Ixtiyor Ergaşev.

Endi esa geografik obektlarni nomlaşda aholi fikrini inobat oliş tartibining aniq mexanizmlari belgilandi. 2022 yilda qonunga kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, geografik obektlarni nomlaş uçun aholi mahalla fuqarolar yiğinlariga murojaat qilişi yoki Kadastr agentligining «Geografik obektlarning davlat reyestri» veb-portali orqali taklif berişi mumkin.

«Asosiy masala şundaki, takliflar tumandagi hududiy komissiya, ya’ni tuman hokimligiga kelib tuşadi va u yerda körib çiqiladi. Keyin [taklif qilingan] nomni qabul qiliş böyiça viloyat komissiyasiga yuboriladi va davlat ekspertizasidan ötkaziladi. Bu ketma-ketliklar qonunda belgilab ötilgan. Qonun qöşimça hujjatlarsiz va töğridan töğri amal qiladigan normalar belgilangan», – dedi agentlik mas’uli.