24 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuzdan ortiq voyaga yetmaganlar Çilonzor tumanidagi köçalardan birida “Aslam sila”, deya baqirib ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Ma’lum qilinişiça, 24 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda özining blogini yurituvçi geymer, 2004 yilda tuğilgan, Jizzax viloyatida yaşovçi Aslambek Bahromov özining fan-klub a’zolarini “Magic City” köngiloçar maskani yaqinidagi avtoturargoh oldiga çaqirib, ular bilan uçraşuv ötkazmoqçi bölgan. U bolalarga sovğa tarqatişini bildirgan.
Uçraşuvga taxminan 130-140 nafar voyaga yetmagan bolalar yiğilgan va ular jamoat tartibini buzib, şovqin-suron kötargan. Hududda xizmat olib boruvçi Milliy gvardiya va içki işlar organlari xodimlari tartibsizlikning oldini oliş va tuşuntiriş işlarini olib boriş maqsadida Aslambek Bahromovni içki işlar bölimiga olib ketgan. Xodimlar A.Bahromovni olib ketayotgan vaqtida şu yerga töplangan bolalar avtomaşinagaça kuzatib borişgan. Söng uçraşuvga yiğilganlarning barçasi tarqalgan.
Holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB tomonidan Aslambek Bahromovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 201-moddasi (yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Hujjatlar körib çiqiş uçun tuman sudiga taqdim etilgan.












