Qarşi şahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçasida gaz olayotgan Nexia-3 portlab ketgan.
Qaşqadaryo viloyat FVBning xabar berişiça, hodisa bugun 2023 yil 24 fevral kuni soat 16:08 larda sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, Nasaf köçasida joylaşgan “NeW POVeR” «metan zapravka»sida Nexia-3 maşinasiga gaz quyilayotgan vaqtda unga örnatilgan gaz balloni portlagan.
Oqibatda maşinaning orqa qismi töliq şikastlangan. Hodisa joyida yonğin sodir bölmagan va heç kim tan jarohat olmagan.
Qayd etilişiça, hozirda, holat böyiça tegişli soha vakillari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
«Şu örinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi barça haydovçilardan öz boşqaruvidagi avtomobillarni vaqtida texnik körikdan ötkazişlarini va barça xavfsizlik qoidalariga rioya qilişlarini söraydi», deyiladi xabarda.













