Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metan «zapravka»larda navbatning uzayib borayotgani, bunga bir qator «zapravka»larning yopiqligi sabab bölayotgani, mazkur vaziyat metan gaz narxining oşişidan darak bölişi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqalyapti. Energetika vazirligi bunday da’volarni rad qildi.
Qayd qilinişiça, barça metan «zapravka»larga avgust oyi uçun ularning talablariga asosan, belgilangan limitga köra, tabiiy gaz töliq yetkazib berilgan. Heç qanday çeklov kiritilmagan. Agar qaysidir metan «zapravka» öz faoliyatini vaqtinça töxtatib turgan bölsa, demak, bu qandaydir texnik sabablar yoki boşqa bir omil tufayli bölişi mumkin.
Vazirlikning ta’kidlaşiça, metan «zapravka»larda sotiladigan bir kub gaz uçun belgilangan narx oşgani yöq.
«Aholi va boşqa toifadagi iste’molçilar qonunçilikda örnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda tabiiy gaz narxining oşirilişi haqida avvaldan ogohlantiriladi», deyiladi bayonotda.
Vazirlik agar «zapravka»larda gaz narxi asossiz oşirilsa, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga murojaat qilişni tavsiya etmoqda.













