Andijon viloyatida metan gaz narxiga çeklov davom etadi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, maksimal narx 3750 söm deb belgilangan.
«Agarda narx sun’iy oşirilgan holatlarga guvoh bölsangiz, tegişli idoralarga yoki matbuot xizmatiga (+998932730823) bu haqda ma’lumot qoldirişingiz söraladi», deyiladi xabarda.
Ötgan yili sentabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab metan gaz uçun eng baland çakana narx belgilab qöyilgan edi. 6 oy muddatga joriy etilgan bu tartib avvaliga 2024 yil 1 aprelidan 1 iyungaça uzaytirildi, keyin çeklov 1 avgustgaça davom etişi belgilandi.
1 avgustdan keyin çeklov davom etişi yoki narxlar "qöyib yuborilişi" borasida hukumat idoralaridan hozirça rasmiy munosabat bölmadi.
Avvalroq Raqobat qömitasi propan narxlarining oşgani yuzasidan örganiş işlarini boşlagani xabar qilingandi.













