O‘zbekiston | 08:27 / 26.02.2023
26494
1 daqiqa o‘qiladi

Davlatobod tumani hokimi o‘rinbosari 28 yoshda vafot etdi

Uning o‘limiga nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Foto: Davlatobod tumani hokimligi axborot xizmati

Namangan viloyati Davlatobod tumani hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurasul Qayumov 23 fevral kuni 28 yoshda vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u nafas yetishmovchiligi sababli Respublika ko‘p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Abdurasul Qayumov 1995 yil Namangan shahrida tug‘ilgan. 2018 yil Malayziyaning LimKokWing ijodiy texnologiya universitetini (kunduzgi) tamomlagan.

Bir muddat tuman hokimligi investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2022 yil 16 avgustida Davlatobod tuman hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid