Amerikaning Apple kompaniyasi "Laboratoriya Kasperskogo" bilan monopoliyaga qarşi qonunlar buzilişi yuzasidan işda Rossiya budjetiga 906 million rubl miqdorida jarima töladi. Bu haqda Federal monopoliyaga qarşi xizmat (FAS) matbuot xizmati 27 fevral, duşanba kuni xabar berdi.

"Kompaniya xizmat qarori va buyruği, şuningdek, jarima soliş töğrisidagi qaror ustidan sudga şikoyat qildi. Biroq 2022 va 2023 yillarda uçta instansiya sudlari FAS pozitsiyasini qöllab-quvvatladi, şundan söng kompaniya buyruqni bajardi", deb xabar qildi Rossiya regulyatori.

2020 yilda Federal monopoliyaga qarşi xizmat Apple'ni ilovalar bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilişda aybdor deb topdi, çunki ilovani faqat App Store'dan Apple mobil qurilmalariga qonuniy ravişda örnatiş mumkin. Öşanda "Laboratoriya Kasperskogo" Federal monopoliyaga qarşi xizmatga murojaat qilgan, unda Apple kompaniya tomonidan işlab çiqilgan ota-onalar nazorati dasturini bloklaganini da’vo qilgan - göyoki özining şunga öxşaş ilovasini çiqarişni rejalaştirgani uçun.

2021 yilda FAS Apple'ga qarşi yana bir iş qözğatdi. Unga köra, kompaniya rossiyalik işlab çiquvçilarga App Store ilovalari xaridorlarini muqobil tölov usullari haqida xabardor qilişni taqiqlagan va rossiyalik işlab çiquvçilarni Apple'ning tölov xizmatlaridan foydalanişga majbur qilgan. Uşbu iş doirasida, 2023 yil yanvarida FAS Apple'ni 1,2 milliard rubl miqdorida jarimaga tortdi.