Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda viloyat prokuraturasi noziri firibgarlik yöli bilan mahalliy fuqarodan 10 mln söm olgan vaqtida uşlandi.
Aniqlanişiça, nozir özining tanişlari imkoniyatlari orqali uni Navoiy şahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalaniş boşqarmasi tasarrufidagi yotoqxonalardan biriga navbatsiz joylaştirib qöyişni va’da qilgan.
Jinoyat işlari böyiça Döstlik tuman sudining xodimi esa Şarof Raşidov tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxs bilan birga, Jizzax şahrida yaşovçi fuqaroning nikohdan ajratiş haqidagi da’vosini fuqarolik işlari böyiça sudda işlaydigan tanişlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib beriş evaziga 4 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 2 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan uşlandi.
Muqaddam firibgarlik jinoyati uçun sudlangan Guliston şahridagi Advokatlar hay’ati advokati 2021 yilda mahalliy mas’uliyati çeklangan jamiyatga bankdan 240 ming AQŞ dollari miqdorida kredit ajratilişida yordam berganligi uçun xizmati evaziga uning rahbaridan 12 ming AQŞ dollari olgan.
Biroq, bank tomonidan olib borilgan monitoring jarayonida mas’uliyati çeklangan jamiyat kredit mablağini maqsadsiz işlatganligi aniqlanib, prokuratura organlari tomonidan uning rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda advokat muqaddam olgan 12 ming AQŞ dollaridan 1000 AQŞ dollarini MÇJ rahbariga qaytarib bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIB hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyat Qöriqlaş boşqarmasi Iştixon tumanlararo qöriqlaş bölimida qorovul lavozimida işlovçi şaxs özining qarindoşiga muqaddam hokimlik tomonidan boğdorçilik qiliş uçun berilgan 70 sotix yer maydonini xaridorga 175 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 100 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.












