27 fevral, duşanba kuni Moskva va Rossiyaning boşqa bir qator şaharlarida roppa-rosa sakkiz yil avval öldirilgan muxolifat yetakçisi Boris Nemsov xotirasiga bağişlangan aksiyalar, şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga qarşi namoyişlar ötkazildi.
Rossiya poytaxtida odamlar jinoyat sodir bölganidan köp ötmay Bolşoy Moskvoretskiy köprigida siyosatçi öldirilgan joyda paydo bölgan vaqtinça yodgorlikka gullar olib kelişdi. "Sota" naşrining yozişiça, politsiya ötkinçilarni töxtatgan, biroq hibsga olinganlar yöq. Ilgari kommunal xizmatlar bir neça bor gullar va fotosuratlarni olib taşlagan, faollarni hibsga olgan, ammo yodgorlik qayta tiklangan. Sönggi paytlarda rasmiylar unga tegmagan.
"Nastoyaşçeye vremya" naşriga köra, Boris Nemsov xotirasiga bağişlangan aksiyalar Qozon, Perm, Yekaterinburg va Novosibirskda ham ötkazildi. Odamlar siyosiy qatağon qurbonlari yodgorliklari poyiga örnatilgan vaqtinça yodgorliklarga gul qöyişdi.
Yekaterinburgdagi Trud maydonida aholi Boris Nemsov şarafiga yodgorlik soati uyuştirdi. Sverdlovsk viloyati hokimiyati portretlar, plakatlar va şamlar olib kelişni taqiqladi, lekin gul qöyişga ruxsat berdi.
Barnaulda aksiya bir kun avval bölib ötdi. Uni "Yabloko" partiyasining mahalliy bölimi taşkil qildi. Miting şahar markazida, Ozodlik maydonida, siyosiy qatağon qurbonlari yodgorligi yonida bölib ötdi. Aksiya mahalliy hokimlik tomonidan ma’qullangan. Barnaul, ehtimol, Rossiyada rasmiylar bunday aksiyalarni ötkazişga ruxsat bergan yagona şahardir.
Boris Nemsov 2015 yilning 27 fevral kuni keçqurun Kremldan yuz metr uzoqlikda otib öldirilgan. Sud beş nafar Çeçeniston fuqarosini aybdor deb topdi va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qildi, ular orasida kuç tuzilmalari zobitlari ham bor edi. Bular - Zaur Dadayev (qotillikning bevosita ijroçisi), aka-uka Anzor va Şadid Gubaşevlar, Temirlan Eskerxanov va Xamzat Baxayev.












