Endilikda “Soliq” mobil ilovasi orqali keşbek oliş uçun Face ID böyiça identifikatsiyadan ötiş talab qilinadi. Bu haqda Soliq qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oldin faqatgina 500 ming sömdan ortiq bölgan mablağni kartaga ötkaziş uçun fotosurat yordamida şaxsni tasdiqlaş talab qilinardi. Endi bu şart har qanday bonus miqdori uçun amal qiladi.

“Keşbek olişda Face ID'dan ötiladi. Buning uçun, Face ID bölimiga kiring. Jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqamini (JŞŞIR) körsating. Yuzingizni töliq suratga oling va tasdiqlaşga yuboring. Muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan söng şaxsingiz tasdiqlanadi”, deyiladi Soliq qömitasi xabarida.

Ma’lumot uçun, 2022 yil 1 yanvardan QR-kodli xarid çeklarini “Soliq” mobil ilovasida röyxatdan ötkazgan jismoniy şaxslarga xarid summasidan 1 foizlik keşbek tölab kelinmoqda. Hozirgaça berilgan jami keşbeklar miqdori 890 mlrd sömdan oşgan.