2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi prezident tomonidan imzolandi. 

Unda aholining oğirini yengil qiliş, qöşimça qulayliklar yaratiş va ularning xarajatlarini tejaş maqsadida bir qança çora-tadbirlar amalga oşirilişi belgilangan. 

2023 yil 1 iyuldan boşlab: 

a) barça davlat organlari va taşkilotlarida «Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oşiriş» çora-tadbirlari belgilanadi. Vazirlar va boşqa mustaqil ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari 15 kun muddatda öz tizimida masofadan turib, şu jumladan mobil ilovalar orqali körsatiladigan davlat xizmatlarini köpaytiriş, undiriladigan tölovlar miqdorini kamaytiriş, talab qilinadigan ortiqça hujjatlarni bekor qiliş, körib çiqiş jarayonlari va muddatlarini keskin qisqartiriş, şaffoflikni oşiriş, aholi va tadbirkorlar bilan doimiy muloqot maydonçalarini taşkil etiş, xodimlarning muomala madaniyatini yuksaltiriş, tezkor va sifatli xizmat körsatişga öqitiş böyiça tadbirlar dasturini tasdiqlab, aholi va tadbirkorlarga e’lon qiladi; 

b) davlat xizmatlari markazlari orqali körsatiladigan davlat xizmatlari soni 300 taga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiladigan xizmatlar soni esa 570 taga yetkaziladi; 

v) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (nogironligi bölgan şaxslar, oğir bemorlar, keksalar va boşqalar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyiga çiqiş orqali körsatilgan xizmat uçun qöşimça tölov undirilmagan holda körsatiş yölga qöyiladi; 

g) elektr, gaz va suv sarfi hisoblagiçlarini qiyoslaşdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlarini proaktiv tarzda körsatiş (fuqaro murojaatini kutmasdan, xizmat körsatuvçi taşkilotning öz taşabbusi bilan) taklifini yuboriş yölga qöyiladi. 

2023 yil 1 sentabrdan boşlab aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratiş bilan boğliq barça xizmatlar bosqiçma-bosqiç «Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratişning yagona elektron platforma»siga ötkaziladi hamda subsidiyalarni ajratişning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekşiriş tizimi yölga qöyiladi. 

Bunda, subsidiyalar ajratiş töğrisidagi arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki istalgan tuman (şahar) davlat xizmatlari markazlari orqali topşiriş imkoniyatini yaratiş hamda ortiqça byurokratik tösiqlar va boşqa korrupsiyaviy omillarni bartaraf etiş ta’minlanadi.