Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatdagi vayronkor zilzilalardan söng qutqaruv işlari keçiktirilgani uçun uzr söradi. Bu haqda Turkiyaning NTV kanali xabar berdi. 

Erdöğan bu sözlarni Turkiyaning janubi-şarqidagi zilziladan eng köp zarar körgan Odiyomon viloyatiga taşrifi çoğida aytdi. 

«Zilzilaning halokatli ta’siri va yomon ob-havo tufayli birinçi kunlarda Odiyomonda xohlaganimizdek işlay olmadik. Buning uçun uzr sörayman», dedi Erdöğan. 

6 fevral kuni Turkiyaning janubi-şarqida bir neça soat içida ikkita kuçli zilzila sodir bölib, uning oqibatida 45 mingdan ortiq odam halok bölgan edi.

Şundan söng Erdöğan muxolifatning keskin tanqidiga uçradi, bir qança siyosatçilar mamlakatning bunday yirik tabiiy ofat bilan kuraşişga tayyor emasligiga işora qildi. Endi hukumatning zilzila oqibatlarini bartaraf etiş çoralari Turkiyada bölib ötadigan prezidentlik va parlament saylovlarida asosiy masala bölişi mumkin. 

Şuningdek, Turkiya çempionati öyinlari paytida futbol muxlislari hukumatning zilzilalarga munosabatini keskin tanqid qilib, hukumatni iste’foga çiqişga çaqirişgan edi.