28 fevral – 1 mart kunlari bölib ötgan taşrif doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv bölib ötdi. Tomonlar ikki tomonlama özaro manfaatli hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
AQŞ Özbekistonning Ğarbiy yarim şardagi asosiy va işonçli hamkorlaridan biridir. Ikki davlat örtasidagi çuqur ildiz otgan munosabatlar sönggi yillarda yangi bosqiçga kötarildi.
Özaro munosabatlar tarixi şuni körsatadiki, Özbekiston mustaqilligini birinçilar qatorida tan olgan Qöşma Ştatlar 30 yil davomida eng işonçli hamkorlardan biri bölib qolmoqda. Ikki tomonlama munosabatlar mustahkam poydevorda şakllangan va an’anaviy tarzda işonçli xarakterga ega.
Ikki davlat örtasida diplomatik aloqalar örnatilganidan buyon özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş borasida katta işlar amalga oşirildi. Bunda 2002 yilda imzolangan Özbekiston bilan AQŞ örtasida strategik şeriklik va hamkorlik asoslari töğrisidagi deklaratsiya hal qiluvçi rol öynadi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-17 may kunlari Qöşma Ştatlarga rasmiy taşrifi Özbekiston-AQŞ şerikligi rivojiga kuçli turtki böldi. Bu AQŞ yuqori martabali rahbarlari, biznes va akademik soha vakillari tomonidan köp qirrali va özaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni qayta faollaştirgan tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.
2020 yil noyabr oyida Özbekiston va AQŞ har yili ötkaziladigan ikki tomonlama maslahatlaşuvlarni Strategik şeriklik muloqotiga aylantirişga qaror qildi. Uning doirasida tomonlar siyosat, xavfsizlik, iqtisod va insoniy ölçovlar böyiça yaqin hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Ta’kidlaş joizki, Qöşma Ştatlarning amaldagi ma’muriyati davrida Toşkent va Vaşington özaro munosabatlarning işonçga asoslangan xarakterini yanada mustahkamlaş va özaro hamkorlikning barça sohalarida strategik şeriklikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun intiqlik bilan sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.

Keyingi yillarda parlamentlararo aloqalar, xavfsizlik, huquqiy soha va mudofaa vazirliklari orqali hamkorlik sezilarli darajada faollaşdi. Ikki davlatning yetakçi ekspertlari mazkur yönalişlarda tajriba almaşiş, davlat organlari örtasidagi munosabatlarning taşkiliy-huquqiy masalalarini muhokama qiliş maqsadida bir neça bor uçraşgan. Bir söz bilan aytganda, davlatlar örtasida siyosiy özaro işonç örnatilgan bölib, bu boşqa sohalardagi şeriklik uçun asos bölib xizmat qilmoqda.












