Buyuk Britaniyaning “Standard Chartered Bank”i Özbekistonga kirmoqçi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinişiça, 2 mart kuni Toşkent şahrida Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining örinbosari Sarvar Hamidov va “Standard Chartered Bank” (Buyuk Britaniya) vakillari örtasida uçraşuv bölib ötgan.  

Unda  bankning Özbekistondagi joriy faoliyati va iqtisodiyotning metallurgiya, energetika va infratuzilmani rivojlantiriş kabi ustuvor tarmoqlarida yangi loyihalarni amalga oşirişga uning investitsiyalarini jalb qiliş istiqbollari muhokama qilingan.  

“Tomonlar, şuningdek, “Standard Chartered Bank”ning Özbekiston bozorida eksportni moliyalaştiriş böyiça mahsulotlarini ilgari suriş va milliy kapital bozorini rivojlantirişdagi iştirokining amaliy jihatlarini körib çiqdilar”, – deyiladi rasmiy xabarda.  

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar amaliy kelişuvlarga erişiş maqsadida muntazam aloqalarni davom ettirişga kelişib olgan.  

Ma’lumot uçun, “Standard Chartered Bank” 1969 yilda Londonda taşkil etilgan. Asosiy faoliyatini Şarqiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida olib boradi. 2020 yil oxirida uning moliyaviy aktivlari 789,1 milliard dollarni taşkil qilgan.  

Eslatib ötamiz, 2021 yilda  “Standard Chartered Bank” Sirdaryodagi IES qurilişi loyihasiga kredit berişi ma’lum qilingan.  

Loyiha qiymati 1,2 milliard dollar bölib, şundan 747 million dollari Xalqaro taraqqiyot banki va xorijiy xususiy tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlardir. Kreditorlar qatorida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Neft eksport qiluvçi mamlakatlar taşkilotining Xalqaro taraqqiyot fondi, Germaniya investitsiya korporatsiyasi, “Standard Chartered Bank” (Buyuk Britaniya), Natixis (Fransiya), Societe Generale (Fransiya, Xitoy banki borligi aytilgandi.