Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya kansleri: Putin G‘arbning birdamligini baholashda adashdi
G‘arb Ukrainaga moliyaviy, humanitar va harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi va ukrainaliklarni Rossiya bilan murosa qilishga majburlamaydi, deya ishontirdi CNN telekanaliga bergan intervyusida Olaf Shols.
Germaniya kansleri Olaf Sholsga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda G‘arbning birdamligini baholashda adashgan. «U Yevropa, AQSh va Ukrainaning barcha do‘stlari birdamligini, shuningdek, biz Ukrainani doimiy ravishda qurol-yarog‘ bilan ta’minlab turishimizni yetarli darajada baholay olmadi», dedi Shols 5 mart, yakshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Shu tufayli ukrainaliklar o‘z vatanlarini himoya qilish imkoniga ega bo‘ldilar, dedi kansler. «Ular kelajakda ham buni uddalay oladilar», dedi u va G‘arb davlatlari «Ukrainani moliyaviy, humanitar yordam, shuningdek, qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlashda» davom etishini tasdiqladi.
Rossiyaning keng miqyosli harbiy harakatlari boshlanganidan beri Germaniya Ukrainaning kontinental Yevropa mamlakatlari orasida eng yirik donoriga aylandi, deb xabar berdi Shols. «U yoki bu yo‘l bilan biz o‘tgan yili Ukrainaga 14 milliard yevro berdik va buni davom ettiramiz», — dedi u.
Germaniya hukumati rahbari, shuningdek, G‘arb Ukrainaga bo‘lajak tinchlik davri uchun muayyan xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyorligini aytdi. «Ammo biz hali bunga yetib kelmadik», dedi Shols.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026