Qosim-Jömart Töqayev Putinga Istanbul formulasiga qaytişni taklif qildi. Şu bilan birga, u Qozoğiston Moskva va Kiyev örtasida vositaçilik qilmasligini aytdi.
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Ukrainadagi jangovar harakatlarni töxtatiş kerak deb hisoblaydi. U bu haqda Omskda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvi çoğida aytdi.
«Bu nizoning sababi köpçilik uçun, jumladan biz uçun ham tuşunarsiz. Aytaylik, Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi “muzlatilgan” nizoning kelib çiqiş sababi aniq. Buning ildizi tarixga borib taqaladi. Lekin bu yerdagi nizo mutlaqo tuşunarsiz. Balki nizoni “muzlatiş” va Istanbul 2.0 formulasiga qaytiş kerakdir, çunki öşanda sezilarli natijalarga erişilgandi», - dedi Töqayev.
Şu bilan birga, u Qozoğiston mojaroni hal qilişda vositaçilik qilmasligini ta’kidladi.
«Qozoğiston tarafdor mamlakat emas, lekin şu bilan bir vaqtda çaqiriqlarga qaramasdan, vositaçilik qilişni qat’iyan rad etaman. Rossiya kun tartibidagi barça masalalarni vositaçilarsiz ham hal qila oladi», - dedi Qozoğiston prezidenti.












