Xitoy mudofaa xarajatlarini ötgan yilga nisbatan 7,2 foizga oşiradi. «Hozirda taşqaridan Xitoyni bostiriş va tiyib turişga urinişlar kuçaymoqda», dedi Xitoy Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan 5 mart, yakşanba kuni Butunxitoy xalq vakillari kengaşi delegatlariga XXR budjeti loyihasini taqdim etar ekan.

Lining sözlariga köra, 1,55 trillion yuan (210 milliard yevro) ajratilişi bilan Xitoy qurolli kuçlari «barça sohalarda harbiy tayyorgarlik va ta’limni kuçaytirişi, askarlarni jangovar şaroitlarda tayyorlaşga köproq sa’y-harakatlarni amalga oşirişi, şuningdek, harbiy sohada harbiy faollikni oşirişi kerak».

Ötgan yili Pekinning harbiy xarajatlari 7,1 foizga oşib, taxminan 200 milliard yevroni taşkil qilgan. Harbiy xarajatlar böyiça Xitoy dunyoda ikkinçi örinda turadi, ammo u 751 milliard yevrolik harbiy budjetni rejalaştirgan AQŞdan ança orqada. Şu bilan birga, ekspertlarning fikriça, haqiqatda Xitoy armiyaga rasman e’lon qilganidan ham köproq mablağ sarflaydi.