Suriyadagi zilziladan jabrlanganlarga yordam juda keç kelişiga hukumat mamlakat şimoli-ğarbidagi muxolifat kuçlari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarga insonparvarlik yuklari olib kirilişi va qutqaruvçilar kirişiga bir hafta davomida ruxsat bermagani sabab bölgan. Bu haqda BBC bilan suhbatda xalqaro huquq sohasidagi ekspertlar, jumladan huquqşunoslar, BMTning sobiq xodimlari va Xalqaro sud hakamlari aytib berişgan.

Zilzila oqibatida Suriyada 6 mingga yaqin kişi halok bölgan, 8,5 mingdan ortiq kişi jarohatlangan. Qator ekspertlar fikriça, köplarni xalqaro yordam öz vaqtida yetib kelmagani uçun qutqarişga ulgurilmagan. Foto: Getty Images

Köpçilikka ma’lumki, zilzilalarda dastlabki 72 soat eng muhimi hisoblanadi, bu xarobalar ostidan maksimal darajada köp sonda tirik odamlarni olib çiqiş imkoniyati yuqori bölgan vaqt oraliğidir.

Fojianing ilk soatlarida BMT mamlakat şimoli-ğarbidagi hududlarga kiriş uçun çegarada qöşimça nazorat-ötkaziş punktlari oçişga ruxsat berişni sörab Suriya hukumatiga murojaat qilgan.

Ekspertlar hisoblaşiça, bunday vaziyatda BMT Damaşqning javobini kutmasdan, xalqaro huquqning kengroq talqinini qöllaşi ham mumkin edi.

«Agar qonun siz oç qolgan çaqaloqqa u çegaraning narigi tomonida turgani uçun sutli kaşa yetkazib bera olmasligingiz yozilgan bölsa, siz qonunni buziş kerak», deb hisoblaydi Endryu Gilmor.

U 2014 yilda Suriyaning isyonçilar nazoratidagi hududlariga insonparvarlik yordam jönatiş böyiça ilk rezolyutsiyaga kelişilgan muzokaralarda qatnaşgan BMTning yuqori martabali mulozimlaridan biri  bölgandi.

«Vaqt omili va zudlik bilan reaksiya körsatiş - zilziladagi eng asosiysidir. BMT esa gangib qolib, şunçaki nimanidir kutdi», deydi boşqa bir ekspert, inson huquqlari sohasidagi advokat Sara Kayali.

Fevral oyi boşida röy bergan zilzila oqibatida olti mingga yaqin suriyalik halok böldi, 8,7 mingdan ortiq kişi jabrlangan. Köplarning jarohati jiddiy.

Rixter şkalasi böyiça 7,8 ballga teng bölgan yer silkinişi epimarkazi Turkiyaning Ğoziantep viloyatida joylaşgan. Bu zilzila ikki mamlakatda jami 52 mingdan ortiq kişini hayotdan olib ketdi.