Onalikdan voz keçayotgan Xitoy ayollari: bunga sabab nima?
|00:12 / 09.03.202393 12110 min
Endi Xitoy dunyodagi aholisi eng köp davlat emas. 2023 yil boşida e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Hindiston bu borada ularni ortda qoldirdi. Xitoyda esa aholi ösiş örniga kamaymoqda. Xöş, xitoyliklar qanday qilib bunday «uluğvor» natijaga erişdi.
2022 yilda Xitoyda har bir ayolga 1,18 bola töğri kelgan. Bu avvalgi yillardagi körsatkiçlarga soliştirilganda juz’iy darajada past.
Foto: thetimes.co.uk
«Men özimga farzand ravo köra olmayman», — deydi Gloriya. U turmuş qurgan va yoşi 30 dan oşgan.
Uning hisob-kitobiga köra, çaqaloq unga oyiga 2400 dollarga tuşadi, bu hali uning oylik boşqa xarajatlari hisobga olinmaganda.
«Kundalik oziq-ovqat kabi xarajatlar uçun 3000 yuan (436 dollar) xarajat qilişga töğri keladi. 2000 yuan (291 dollar) bolalar boğçasiga ketadi, 1000 yuan (145 dollar) zaruriyat tuğilsa — enaganing haqi, yana kamida 10 ming yuan (1456 dollar) bolani öqitişga ketadi», — deb tuşuntiradi u.
Gloriya Xitoy janubidagi Guangdong viloyatida töliq bölmagan stavkada boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlaydi. Mamlakatning bu qismida xususiy sektorda örtaça maoş oyiga 6000 yuan (873 dollar)ni taşkil etadi.
Gloriyaning özi oilada yagona farzand bölgani («bir oilaga – bir farzand» siyosati) sababli u ipoteka qarzlarini tölab, qarib borayotgan ota-onasini parvarişlaş uçun pul yiğişni boşlamoqçi. Xitoyda hamma qariyalar ham pensiya olişmaydi, ular haqida qayğuriş köpinça farzand gardaniga tuşadi.
Aholisi qisqarayotgan Xitoy
Xitoy demografik qopqonga tuşgan: bir neça ön yil davom etgan oiladagi farzandlar sonini çeklovçi siyosatdan söng mamlakat aholisi sönggi 60 yil içida ilk marta qisqara boşladi. Buning natijasi ölaroq ular sayyorada birinçilikdan ham mosuvo bölişdi. Ayni paytda Hindiston aholisi ularnikidan 5 million kişiga köproq.
Xitoy yaqin kelajakda qarib borayotgan aholi inqiroziga duçor böladi, bu holatda işlayotgan fuqarolar borasida taqçillikka ham duç keladi.
Bu voqealar fonida tuğiliş kamayayotgani qöşimça xavotirlar keltirib çiqarmoqda.
Foto: lovepik.com
2016 yilda XXR hukumati oilalarga ikkinçi farzand körişga ruxsat berdi, yana beş yildan keyin uçinçi farzandga ham ruxsat tegdi.
Lekin oiladagi farzandlar soniga joriy etilgan çeklovlar bekor qilinganiga qaramay, ayollarning köpçiligi faqat bir nafar farzand körmoqçi yoki umuman befarzand ötmoqçi.
Mavzuga oid
Xitoy xalq va aholi markazi tomonidan yaqinda ötkazilgan tadqiqotlarga köra, befarzand ayollar soni 2015 yildagi 6 foizdan 2020 yilda 10 foizga oşgan.
Tadqiqotlar yana şuni körsatdiki, tuğiş yoşidagi xitoylik ayollar garçi bir neça farzand körişga şaroiti bölsa ham, buni şunçaki istamayapti: 2021 yilda örtaça istalayotgan bola soni körsatkiçi 2017 yildagi 1,76 dan 1,64 ga tuşgan.
Singapurda ham tuğiliş katta emas. Lekin ayollar köproq farzand körişni istaşini aytişadi.
Foto: familiasenruta.com
Bir vaqtning özida Yaponiya va Singapur kabi Janubiy-şarqiy Osiyo davlatlarida ham fertillik koeffitsiyenti ikkidan past. Şunga qaramay, u yerda ayollar ikki farzand körişni istaşini bildirişgan. Xitoyda esa unday emas.
«Bu borada Xitoy isisno, çunki nafaqat haqiqiy tuğiliş darajasi katta emas, istalayotgan farzandlar soni ham past», — deydi London iqtisodiyot va siyosat fanlari maktabining ijtimoiy va davlat siyosati kafedrasi dotsenti doktor Şuang Çeng.
Şu kunlarda Pekinda Xitoy xalq siyosiy maslahatlaşuv kengaşi va Butunxitoy xalq vakillari yiğilişi bir biridan alohida ötkazilmoqda.
Sönggi ön yillarda ilk marta Xitoyda aholi soni kamaydi: 1000 kişiga -0,6.
Foto: washingtonpost.com
Bu yiğilişlarda turli siyosiy maslahatçilar mamlakatda tuğiliş darajasini oşiriş böyiça öz rejalarini taqdim etişmoqda. Ğoyalar turli-tuman: kelajak uçun erga tegmagan ayollarning tuxumdonlarini muzlatib qöyişdan tortib, bolalarning boğçadan universitetga qadar öqişi va darsliklari uçun tölovlarni bekor qilişgaça.
Boşqa ğoyalar ham bor. Masalan, erga tegmagan ayollar va ularning farzandlariga nikohda tuzilgan oilalar va ularda tuğilgan bolalar huquqini beriş.
Yörgakdan boşlanadigan raqobat
Xitoylik ayollarning onalikdan voz keçişiga boş sabab — bolalarning öqişi va parvarişi uçun haddan ziyod pul talab qilinişidir.
Xitoyda bola tuğiliboq tengdoşlari bilan raqobatga kirişadi. Ota-onasi uni yaxşiroq maktabga joylaştiriş payidan bölişadi, buning uçun öşa maktab yonidan uy xarid qilişadi, bolalarni turli tögaraklar va darsdan taşqari maşğulotlarga yozdirişadi, bularning bariga katta pul kerak.
Xitoyda abortlar sonini kamaytiriş va bepuştlikni davolaşni arzonlaştirişga harakat qilişmoqda. Foto: dailymail.co.uk
«Men özim tuğadigan farzand tuğiliboq bu şafqatsiz raqobat bilan yuzma-yuz bölişini istamayman», — deydi universitetning 22 yoşli talabasi Mia.
U Xitoy şimolidagi kiçikroq şaharçada tuğilgan. U öqiş imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirişga asoslanganini «ixtiro» qilgan, Pekindagi nufuzli universitetga kiriş uçun juda murakkab milliy kiriş imtihonidan ötişga muvaffaq bölgan. Lekin oliy ta’lim oliş bilan ham raqobat tugamaydi, çunki Xitoy universitetlarining bitiruvçilari xorijda bilim olib kelganlar bilan raqobatga kirişişga majbur bölişadi.
«Har qanday qöşimça ta’lim uçun pul kerak, — deydi özining bölajak farzandlari uçun şunday şaroitlar yaratişga yetarli pul töplay olişiga şubha qilayotgan Mia. — Agar men öz farzandimga farovonlik taqdim eta olmas ekanman, uni dunyoga keltirib nima qilaman?»
Şaxsiy hayot yo karera?
BBC’ning Xitoy xizmati gaplaşgan ayollarning köpçiligi farzand va karera örtasidagi tanlovga duç kelib, köpçiligi befarzand yaşaşga qaror qilişganini aytişgan.
Işga kiriş uçun suhbat jarayonlarida ulardan yaqin örtada farzand körişni istaş-istamasligini ham söraşgan. Agar ular tasdiq ma’nosida javob berişsa, işga kiriş imkoniyatlari tuşib ketgan, kelgusida mansabdan kötarilişni-ku, asti qöyavering.
Köplab xitoylik ayollar farzand tuğilişi ularning karerasiga salbiy ta’sir körsatişidan xavotirlanişadi.
Foto: affairstoday.co.uk
«Hayot va iş örtasidagi muvozanat — oliy öquv yurtlarida öqiyotgan xitoylik ayollar farzand körişga tayyormanmi, deya öziga özi savol bera boşlaganda xalaqit beruvçi boş omil böladi», — deydi Miçigan universiteti sotsiologiya kafedrasi dotsenti Yun Jou.
«Iş ular uçun özini namoyon etiş imkoniyati, — deydi Jou. — Mehnat bozorida şundoq ham gender diskriminatsiya yetarli va ayollar karera va farzand köriş örtasidagi murakkab tanlovni amalga oşirişga mahkum».
Xudbin va «çet el agenti»
Özning millionlab tengdoşlari kabi Mia ham öz fikrlarini ijtimoiy tarmoq orqali bölişişga könikkan. Kunlarning birida u nega befarzand ötişni istayotgani haqida kiçikroq video joylaştirgan.
Ajablanarlisi, uşbu video haqoratli şarhlar tölqinini keltirib çiqargan.
Köpçilik uni xudbin deb ayblaşgan. Boşqalar esa bunday jiddiy qaror qabul qilişga hali yoşlik qilişini aytgan. «Sen hali bunday deyişga yoşlik qilasan, 40 dan ötganingdan keyin qanday sayraşingni tomoşa qilamiz», — deyilgan şarhlardan birida. «Sen bu gaping uçun hali puşaymon bölişingga 10 ming dollar tikaman», — degan yana biri.
Ayrimlar uni hatto ayollarni tuğişdan «qaytarayotgan» ğaraz niyatdagi «çet el agenti» deb atagan.
Farzand köriş masalasi pul, turar joy va karerani östirişga borib taqaladi. Foto: thinkchina.sg
2021 yil mayida Xitoy hukumati tuğiliş ustidan nazoratni yanada susaytirib, oilalarga uç nafardan farzand körişga ruxsat berdi. Bunga sabab – aholini röyxatga oliş jarayonida 2020 yilda mamlakatda bor-yöği 12 mln bola tuğilgani oydinlaşgani bölgandi. Bu 1961 yildan buyon eng past körsatkiç.
Şuning uçun ayrim fuqarolar ayollar farzand körişdan voz keçib, mamlakatni «şarmanda» qilayotganini peş qilişadi.
«Bu mening şaxsiy tanlovim. Men farzand körişni taqiqlaş kerak deyayotganim yöq. Farzand köriş istagida bölganlarni hurmat qilaman», — deya e’tiroz bildiradi Mia.
«Haqiqiy jangga bardoş berdim»
Lekin ijtimoiy tarmoqdagi heyterlardan köra öz qarindoşlari bilan kuraşiş yanada murakkabroq.
«Menga oson bölmadi», — deydi 34 yoşli Yuan Syueping. U qişloq joyda tuğilib katta bölgan. Qişloqdagilar har qanday qiz voyaga yetgaç, erga tegib öğil farzand körişi kerak, deb kutişadi. U esa yoşligidan heç qanday farzand körmasligini ta’kidlab kelgan.
Uning özi ham, opasi ham garçi ular maktabda a’loçi bölişsa ham, oliy ma’lumotga ega bölişolmadi. Faqat ularning kiçik ukasiga ota-onasi universitetda öqişi uçun pul topib berişdi.
«Ota-onam doimo «Qiz bolaning öqişidan nima ma’ni bor? Ertami-keçmi erga tegasan va uyda ötirib, bola boqasan» deyişardi», — deya eslaydi Yuan Syueping.
Uning xolasi hozirgi yoşda eridan ajraşib, bir özi yolğiz ikki bolani katta qilib qiynalganini körganida, Yuanning erga tegişdan butkul köngli sovib ketgan. U endi nikoh institutiga işonmaydi. Qiz ota uyini tark etib şaharga yöl olgan, endi erkinlikdan bahra olmoqda.
Xitoy hukumatining uzoqni öylamay qöl urgan siyosati onalikka munosabat va ayollarning tafakkurini ham özgartirib borgan. Yillar ötib bunday siyosat öz aççiq oqibatini körsatmay qolmayapti.