2023 yilning 13 aprelidan boşlab Uzbekistan Airways Özbekiston va Yaponiya örtasida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyadi. 

Aviakompaniya xabariga köra, kunçiqar mamlakatga töğridan töğri parvozlar har hafta payşanba kunlari amalga oşiriladi.

Aviaçiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, şuningdek, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiliş mumkinligi aytilgan.

Özbekiston 2021 yil may oyi boşida Yaponiyaga parvozlarni vaqtinça töxtatgandi. Öşanda bu koronavirusning tarqalişi bilan boğliq ekani aytilgan.

Özbekiston va Yaponiya örtasida parvozlarni qisman tiklaş 2022 yil bahor-yozgi navigatsiya davrida amalga oşirildi. Şu bilan birga, mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlaşgandan keyingina muntazam parvozlarni tiklaş möljallangan edi.

2015 yildan 2019 yilgaça bölgan davrda Özbekiston va Yaponiya örtasida 500dan ortiq reyslar amalga oşirilgan hamda uşbu davrda öz manziliga yetkazilgan yölovçilar soni 72 ming kişidan oşgan. 2020 yilda mamlakatlar örtasida muntazam aviaqatnov pandemiya sababli töxtatildi.